Meni oʻldirmoqchi boʻlib,
Yovuzlar ustimga bostirib kelganda,
Ha, gʻanimu dushmanlarim menga hujum qilganda,
Qoqilib, yiqilib tushadilar.
Hatto butun lashkar meni oʻrab olsa ham,
Yuragimda aslo qoʻrquv paydo boʻlmas.
Hatto menga qarshi jangga otlansa ham,
Ishonchim hech ham yoʻqolmas.