— Lekin Men barhayot Xudo boʻlganim haqi, yer yuzini toʻldirgan ulugʻvorligim haqi, ont ichib aytamanki, bu odamlarning birortasi Men otalariga vaʼda qilgan yurtga kirmaydi. Ular Mening buyuk qudratimni, Misrda va sahroda qilgan moʻjizalarimni koʻra turib Menga quloq solmadilar, Meni qayta–qayta sinadilar. Meni xoʻrlagan bu odamlar Kanʼon yurtini koʻrmaydilar.