Oʻsha kuni xalqqa Musoning kitobidan oʻqib berildi. U yerda shunday yozilgan ekan: “Ommonliklar va Moʻabliklar Xudoning jamoasiga kirolmaydi, chunki Isroil xalqi Misrdan chiqqanda, Ommonliklar va Moʻabliklar ularni non va suv bilan kutib olmadilar. Aksincha, Isroil xalqini laʼnatlash uchun Balomni yolladilar. Lekin Xudoyimiz laʼnatni duoga aylantirdi.”