Dushmanlar Isroil yurtini xarob qilgan,
Uzumzorlarini payhon etgan.
Biroq Egamiz tiklar Yoqub naslining ulugʻvorligini,
Ha, Isroil xalqining buyukligini.
Bosqinchi senga hujum qildi, ey Naynavo!
Qani boʻl, qoʻriqla qoʻrgʻonlaringni,
Yoʻldan uzma sen koʻzingni.
Yigʻib olgin bor kuchingni,
Jangga bogʻla belingni.