Bosh ruhoniylar bilan yoʻlboshchilar uchrashib, reja tuzdilar. Ular soqchilarga katta miqdorda pul berib, shunday dedilar:
— Sizlar hammaga: “Isoning shogirdlari kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda jasadni oʻgʻirlab ketishdi”, deb aytasizlar. Bordi–yu, bu xabar hokimning qulogʻiga yetib borgudek boʻlsa, uni oʻzimiz ishontiramiz, sizlarni har qanday koʻngilsizlikdan xalos etamiz.
Shunday qilib, soqchilar pulni olib, aytilganday qildilar. Voqeaning shu taʼrifi bugungi kungacha yahudiylar orasida keng tarqalgan.