Ammo sizlarning orangizda bunday boʻlmasin. Aksincha, orangizda kim katta boʻlishni istasa, sizlarga xizmat qilsin. Orangizda kim birinchi boʻlishni istasa, sizlarga qul boʻlsin. Axir, Inson Oʻgʻli ham Oʻziga xizmat qildirish uchun emas, balki Oʻzi boshqalarga xizmat qilish va Oʻz jonini fido qilib, koʻplarni ozod qilish uchun kelgan.