Odamlar chuqur uyquga ketganda,
Oʻrinlarida uxlab yotganda,
Tushlar, tungi vahiylar orqali
Xudo ularning quloqlariga gapiradi,
Oʻz ogohlantirishlari bilan ularni qoʻrqitadi.
Inson gunohlaridan qaytsin,
Odamzod takabbur boʻlmasin deb, bu soʻzlarni aytadi.
Oʻsha ogohlantirishlar odamlarni qabrdan saqlaydi,
Oʻlim daryosidan qutqaradi.