Ammo Xudo Oʻz qudrati bilan kuchlilarni halok qiladi.
Ular baland koʻtarilishi mumkin,
Ammo ularning hayoti uchun kafolat yoʻq.
Ular osoyishta yashashlariga Xudo yoʻl qoʻyadi,
Ammo Oʻzi ularning yoʻllarini doim kuzatib turadi.
Hozircha ular buyuk boʻlsa ham, keyinroq yoʻq boʻladi.
Ular yerga uriladi, xuddi boshqalarday oʻlib ketadi.
Don boshoqlariday qurib qoladi.