1
Yoqub 1:2-3
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Ey birodarlarim, turli sinovlarga duchor boʻlganingizda oʻzingizni baxtli deb bilinglar. Axir, imoningiz sinalganda, sizlar sabr–toqat qilishni oʻrganasizlar. Bu oʻzingizga ham ayon.
Compare
Explore Yoqub 1:2-3
2
Yoqub 1:5
Agar birortangizga donolik yetishmasa, Xudodan soʻrang, U beradi. Chunki soʻraganlarning hammasiga Xudo saxiylik bilan, beminnat beradi.
Explore Yoqub 1:5
3
Yoqub 1:19
Ey aziz birodarlarim, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, gʻazab kelganda bosiq boʻlsin.
Explore Yoqub 1:19
4
Yoqub 1:4
Har qanday vaziyatda sabr qilishni oʻrganinglar, shunda yetuk, bekamu koʻst, komil inson boʻlasizlar.
Explore Yoqub 1:4
5
Yoqub 1:22
Xudoning kalomiga rioya qilinglar! Kalomni eshitsam bas, deb oʻzingizni oʻzingiz aldamanglar.
Explore Yoqub 1:22
6
Yoqub 1:12
Sinovlarga bardosh bergan odam baxtlidir. Chunki u sinovdan oʻtgach, hayot toji bilan taqdirlanadi. Bunday tojni Xudo Oʻzini sevganlarga vaʼda qilgan.
Explore Yoqub 1:12
7
Yoqub 1:17
Har bir yaxshi va mukammal hadya samodan keladi. Bu hadyalarni osmondagi jamiki yoritqichlarni yaratgan Xudo beradi. Yoritqichlarning nuri paydo boʻlib, gʻoyib boʻladi, Xudoning ezguligi esa yoʻqolmaydi. Zero, Xudo hech qachon oʻzgarmaydi.
Explore Yoqub 1:17
8
Yoqub 1:23-24
Kalomni tinglab, amalda rioya qilmagan odam oʻz yuzini koʻzguda koʻrgan kishiga oʻxshaydi. U oʻziga qaradi–yu, ketdi va oʻsha zahoti oʻzining qanday ekanligini unutib yubordi.
Explore Yoqub 1:23-24
9
Yoqub 1:27
Otamiz Xudoning nazarida pok va begʻubor din–diyonatga ega boʻlgan inson yetim–yesiru bevalarni qaygʻuli kunlarida yoʻqlab boradi, u bu dunyo dastidan bulgʻanmaydi.
Explore Yoqub 1:27
10
Yoqub 1:13-14
Vasvasaga tushganingizda Xudoni ayblamang! Chunki Xudo hech qachon vasvasaga tushmaydi va hech kimni vasvasaga solmaydi. Lekin har kim oʻz ehtirosi dastidan vasvasaga duchor boʻlib, nafs tuzogʻiga ilinadi.
Explore Yoqub 1:13-14
11
Yoqub 1:9
Nochor ahvoldagi birodar Xudoning nazarida yuksak ekanligidan xursand boʻlsin.
Explore Yoqub 1:9
Home
Bible
Plans
Videos