Shunday qilib, yahudiy oqsoqollari Xudoning uyini quraverdilar, ish bir maromda ilgarilab borardi. Xaggey va Iddo oʻgʻli Zakariyo paygʻambarlar esa bashoratlari bilan ularni ruhlantirib turdilar. Yahudiy oqsoqollari Isroil xalqining Xudosi amriga hamda Fors shohlari Kurush, Doro va Artaxshasning farmonlariga koʻra, qurilishni tamomladilar.