Shunda kul changga aylanib, butun Misrni chang qoplaydi. Kul butun yurtdagi insonlarning, hayvonlarning tanasiga yalligʻlangan chipqon chiqaradi.
Shunday qilib, Muso bilan Horun oʻchoqdan kul olib, firʼavn huzuriga bordilar. Muso kulni osmonga sochgan edi, kul odamlarda va hayvonlarda yalligʻlangan chipqon paydo qildi.