Mardoxay bu voqealarni yozib qoʻydi. Soʻngra shoh Axashverash qoʻli ostidagi uzoq–yaqindagi hamma yurtlarda yashayotgan yahudiylarga maktublar yubordi. Maktubda har yili Adar oyining oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi kunlarini nishonlash lozimligi taʼkidlangan edi. Chunki bu kunlar yahudiylar oʻz dushmanlaridan qutulgan kunlardir. Oʻsha oy gʻam — xursandchilikka, motam bayramga aylangan oydir. Mardoxay: “Shu kunlari ziyofat berib, xursandchilik qilinsin, taomlar ulashilsin, kambagʻallarga hadyalar inʼom qilinsin”, deb buyurgan edi.