Siz haddingizdan oshib, Samoviy Xudoga qarshi bosh koʻtardingiz! Xudo Maʼbadining qadahlarini huzuringizga keltirib, beklaringiz, xotinlaringiz va kanizaklaringiz bilan mayxoʻrlik qildingiz. Hech narsa koʻrmaydigan, hech narsa eshitmaydigan, hech narsa bilmaydigan oltin, kumush, bronza, temir, yogʻoch va toshdan yasalgan xudolarni madh ayladingiz. Ammo sizga hayot beruvchi va oxiratingizni belgilovchi Xudoni ulugʻlamadingiz.