Shadrax, Meshax va Abednaxu shohga shunday javob berishdi:
— Ey olampanoh, bu masalada biz oʻzimizni oqlamoqchi emasmiz. Biz sigʻinadigan Xudo bizni olovli chuqurlikdan ham, sizning qoʻlingizdan ham qutqarishga qodir. Ammo U bizni qutqarmagan taqdirda ham, bilib qoʻyingki, ey shoh hazratlari, biz hech qachon xudolaringizga sigʻinmaymiz, siz oʻrnatgan oltin haykalga ham sajda qilmaymiz.