Uning lashkari Xudo xalqining qalʼasi boʻlmish Maʼbadga bostirib kirib, tabarruk joyni harom qiladi. Ular kundalik qurbonliklarni toʻxtatib, koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladigan makruh narsani oʻrnatishadi. Shoh shirin soʻzlar bilan ahddan toyganlarning koʻnglini ovlab, ularni oʻz tomoniga ogʻdirib oladi. Xudoga sodiq qolganlar esa bor kuchlari bilan unga qarshilik koʻrsatadilar.