Amos esa Emoziyoga shunday javob berdi:
— Mening mashgʻulotim paygʻambarlik emas, paygʻambarlarga shogird ham tushmaganman. Men bir chorvador edim, shikamora–anjir daraxtlarini ham parvarish qilardim. Bir kuni suruvni haydab ketayotganimda Egamiz meni chaqirib: “Bor, xalqim Isroilga bashorat qil”, deb aytdi.