Isroil xalqining Xudosi men orqali soʻzladi,
Isroilning ishongan Qoyasi menga shunday deb aytdi:
«Insonlarni adolat bilan boshqarayotgan,
Xudodan qoʻrqib shohlik qilayotgan inson
Bamisoli tong shafagʻidir,
Musaffo tongda nur sochayotgan quyosh kabidir,
Nurlari yomgʻirdan soʻng tuproqda maysa undirar.»