Shoh esankirab qoldi. Darvoza tepasidagi boloxonaga chiqib, faryod qila boshladi. U boloxonaga chiqar ekan:
— Oh, oʻgʻlim Absalom! Oh, oʻgʻilginam, bolam Absalom! Sening oʻrningga men oʻlsam boʻlmasmidi, oʻgʻlim?! Voy, bolam Absalom! — deb faryod qilardi.