Keyin Dovud Abushay bilan barcha sipohlarga aytdi:
— Oʻzimning pushti kamarimdan paydo boʻlgan oʻgʻlim meni oʻldirmoqchi boʻlyapti–yu, Benyamin naslidan boʻlgan shu odamning qiligʻiga hayron boʻlyapsizlarmi?! Qoʻyinglar uni, mayli, haqorat qilaversin, chunki unga shunday qil, deb Egam buyurgan. Balki Egam kulfatlarimni koʻrib, bugungi haqoratlar evaziga yaxshilik qaytarar.