1
2 Butrus 3:9
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Baʼzilar Rabbimiz kelmayapti, bergan vaʼdasini bajarishga U kechikyapti, deb oʻylamoqda. Aslida unday emas, U sabr–toqat qilyapti, chunki hech kimning halok boʻlishini istamay, hammaning tavba qilishini xohlayapti.
Compare
Explore 2 Butrus 3:9
2
2 Butrus 3:8
Ey azizlarim, Rabbimiz Isoning nazarida bir kun ming yil va ming yil bir kun kabidir, buni doim inobatga olinglar.
Explore 2 Butrus 3:8
3
2 Butrus 3:18
Oʻz hayotingiz bilan Xudoni mamnun etinglar, Rabbimiz va najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar. Hozirdan to abad Unga shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
Explore 2 Butrus 3:18
4
2 Butrus 3:10
Aslida, Rabbimiz Iso, oʻgʻri kelganday, nogahon kelib qoladi. Oʻsha kuni osmon guvullab yonib, gʻoyib boʻladi, samoviy jismlar olov taftidan kuyib ketadi, shunda yer va unda qilingan har bir ish ochiqdan–ochiq oshkor boʻlib, hukm etiladi.
Explore 2 Butrus 3:10
5
2 Butrus 3:11-12
Qiyomat kuni butun borliq yonib, yoʻq boʻlib ketar ekan, sizlar Xudoni mamnun qilishga jon kuydiringlar! Muqaddas hayot kechirishga jon–jahdingiz bilan harakat qilinglar. Xudoning kunini intizorlik bilan kutinglar, uning kelishini tezlashtiringlar! Oʻsha kuni osmon yonib, yoʻq boʻladi, samoviy jismlar olov taftidan erib ketadi.
Explore 2 Butrus 3:11-12
Home
Bible
Plans
Videos