1
4 Shohlar 4:2
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Shunda Elishay: — Ayt–chi, sen uchun men nima qilay? Uyingda nima bor? — dedi. — Bu choʻringizning uyida zaytun moyi solingan xumchadan boshqa hech vaqo yoʻq, — dedi ayol.
Compare
Explore 4 Shohlar 4:2
2
4 Shohlar 4:1
Ilgari paygʻambarlar guruhida bir paygʻambar boʻlar edi. Oʻsha paygʻambarning bevasi Elishayning oldiga kelib faryod qildi: — Sizga xizmat qilib yurgan mening erim vafot etdi. Oʻzingiz bilasiz, u Egamizdan qoʻrqardi. Bir odam oldin qarz bergan edi. Endi u ikkala oʻgʻlimni oʻziga qul qilib olib ketgani keldi.
Explore 4 Shohlar 4:1
3
4 Shohlar 4:3
— Bor, hamma qoʻshnilaringdan boʻsh idishlarini soʻrab ol, — dedi Elishay. — Iloji boricha koʻproq soʻrab ol.
Explore 4 Shohlar 4:3
4
4 Shohlar 4:4
Borganingdan keyin oʻgʻillaring bilan birga uyga kirib, eshikni yopib qoʻy. Soʻng hamma idishga zaytun moyi quy, toʻlgan idishlarni nari surib qoʻyaver.
Explore 4 Shohlar 4:4
5
4 Shohlar 4:6
Hamma idishlar toʻlgandan keyin, ayol oʻgʻliga: — Yana idish uzat, — dedi. — Boshqa idish yoʻq, — dedi oʻgʻli. Shundan soʻng zaytun moy ham oqmay qoldi.
Explore 4 Shohlar 4:6
6
4 Shohlar 4:7
Ayol paygʻambar huzuriga kelib, boʻlgan voqeani aytib berdi. — Bor, moyni sotib, qarzingni toʻla, — dedi Elishay. — Ortib qolgan moyni ishlatib, oʻgʻillaring bilan kun kechir.
Explore 4 Shohlar 4:7
7
4 Shohlar 4:5
Ayol Elishayning oldidan ketgach, oʻgʻillari bilan birga uyga kirib, eshikni berkitdi. Oʻgʻillari idishlarni uzatib turishdi, ayol esa quyaverdi.
Explore 4 Shohlar 4:5
8
4 Shohlar 4:34
Soʻng bolaning ustiga choʻzilib yotdi. U ogʻzini bolaning ogʻziga, koʻzlarini koʻzlariga, kaftini kaftiga qoʻydi, bolaning ustida choʻzilib yotganda, bolaning tanasi isidi.
Explore 4 Shohlar 4:34
Home
Bible
Plans
Videos