“Dadil va botir boʻlinglar, qoʻrqmanglar. Ossuriya shohi va uning toʻdalari oldida vahimaga tushmanglar, chunki buyuk kuch biz tomonda, ular tomonda emas. Ular tomonda insoniy qudrat boʻlsa, biz tomonda Egamiz Xudodir. U bizga yordam beradi, biz uchun jang qiladi.” Yahudo shohi Hizqiyoning soʻzlaridan xalq ruhlanib ketdi.