Oso oʻzining Egasi Xudoga iltijo qildi: “Ey Egamiz! Yolgʻiz Sengina zaif odamga kuchli raqibini magʻlub qilishga yordam bera olasan. Ey Egamiz Xudo! Bizga yordam ber! Biz Senga tayanamiz. Sening noming bilan bu behisob lashkarga qarshi jangga otlandik. Ey Egamiz! Sen bizning Xudoyimizsan. Inson zoti Seni magʻlub qilishiga yoʻl qoʻyma!”