Xudo Sulaymonga shunday javob berdi:
— Men seni xalqim ustidan shoh qildim. Sen oʻzing uchun mol–mulk, boylik, shon–shuhrat yoki dushmanlaringning jonini soʻramading, hatto oʻzingga uzoq umr ham tilamading. Aksincha, Mening xalqimni boshqaray deb, donolik va ilmu maʼrifat soʻraganing uchun donolik va ilmu maʼrifat senga hadya boʻlsin. Bularga qoʻshimcha qilib senga boylik, mol–mulk va shon–shuhrat beraman, sengacha oʻtgan va sendan keyin boʻladigan hech qaysi shoh senga teng kelmaydi.