U qurolbardoriga:
— Qilichingni sugʻurgin–da, menga sanch, toki anavi sunnatsizlar kelib, menga qilich solib, xoʻrlamasinlar, — dedi. Lekin qurolbardori qoʻrqdi, Shoulning aytganini qilmadi. Shunda Shoul qilichini qinidan sugʻurib, oʻzini qilich ustiga tashladi. Qurolbardori ham Shoulning halok boʻlganini koʻrib, oʻzini qilichi ustiga tashlab, Shoul bilan birga oʻldi.