Shundan keyin Shoul aʼyonlariga:
— Menga birorta arvoh chaqiradigan ayolni topib kelinglar, uning oldiga borib maslahat solayin, — deb farmon berdi.
— En–Doʻrda bir arvoh chaqiradigan ayol bor, — dedi aʼyonlar. Shoul boshqacha kiyimlar kiyib, qiyofasini oʻzgartirdi va ikki kishini ergashtirib, kech kirganda, oʻsha ayolnikiga bordi.
— Iltimos qilaman, men uchun ruhlarga maslahat sol, senga kimning nomini aytsam, oʻsha odamni chaqirib ber, — dedi.