Xizmatkor yettinchi marta ham borib qaradi.
— Ana, dengizdan kichkina bir bulut chiqib kelyapti, kattaligi odamning kafticha keladi, — dedi u, nihoyat.
Ilyos xizmatkoriga buyurdi:
— Tez borib, Axabga ayt, aravasini qoʻshib joʻnasin. Tagʻin yomgʻirda qolib ketmasin.