1
1 Yuhanno 2:15-16
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Dunyoga va undagi narsalarga koʻngil bogʻlamanglar. Dunyoni sevgan odamda Otamiz Xudoning sevgisi boʻlmaydi. Zero, dunyodagi bor narsa — inson tabiatining xohishlari, nafs va boylik bilan magʻrurlanish Otadan emas, balki dunyodandir.
Compare
Explore 1 Yuhanno 2:15-16
2
1 Yuhanno 2:17
Dunyo ham, uning nafsi ham oʻtib ketadi. Xudoning irodasini bajargan odam esa abadiy yashaydi.
Explore 1 Yuhanno 2:17
3
1 Yuhanno 2:6
Men Xudo bilan birgaman degan odam Iso Masih yashaganday yashashi kerak.
Explore 1 Yuhanno 2:6
4
1 Yuhanno 2:1
Aziz bolalarim, gunoh qilmanglar deb, men sizlarga shularni yozyapman. Bordi–yu, birortamiz gunoh qilib qoʻysak, Otamiz Xudoning oldida homiyimiz — Iso Masih bor, U Solih Zotdir.
Explore 1 Yuhanno 2:1
5
1 Yuhanno 2:4
Xudoni bilaman deb turib, Uning amrlariga rioya qilmagan esa yolgʻonchidir, unda haqiqat yoʻq.
Explore 1 Yuhanno 2:4
6
1 Yuhanno 2:3
Xudoni tanib–bilganimizni shundan bilsak boʻladi: Xudoni tanib–bilgan odam Uning amrlariga rioya qiladi.
Explore 1 Yuhanno 2:3
7
1 Yuhanno 2:9
Men nurda yashayapman deb turib, oʻz birodaridan nafratlangan odam hali ham zulmatdadir.
Explore 1 Yuhanno 2:9
8
1 Yuhanno 2:22
Isoni Masih emas, deydigan har qanday odam — yolgʻonchi, u Masihning dushmanidir! U Otamiz Xudoni ham, Oʻgʻilni ham rad etadi.
Explore 1 Yuhanno 2:22
9
1 Yuhanno 2:23
Oʻgʻilni rad etgan odamda Ota yoʻq. Oʻgʻilni tan olgan odamda esa, Ota ham bor.
Explore 1 Yuhanno 2:23
Home
Bible
Plans
Videos