Shunday qilib, Shoul Egamizga qilgan sadoqatsizligi uchun halok boʻlgan edi. U Egamizning soʻziga itoat etmadi. Buning ustiga, arvoh chaqiruvchiga maslahat solgan edi. Egamizning xohish–irodasini esa soʻramadi. Shuning uchun Egamiz uni oʻldirib, shohlikni Essay oʻgʻli Dovudga berdi.