Mark 3
3
3–BOB
Qoʻli shol odamni Iso sogʻaytiradi
1Boshqa bir kuni Iso sinagogaga kirdi. U yerda qoʻli shol bir odam bor edi. 2Isoni ayblamoqchi boʻlgan baʼzi odamlar#3:2 Isoni ayblamoqchi boʻlgan baʼzi odamlar — sinagogadagi farziylarga ishora (shu bobning 6–oyatiga qarang).: “Iso Shabbat kuni ham bu odamga shifo berarmikan”, deb Uni kuzatib turardilar.
3Qoʻli shol odamga Iso:
— Oldinga chiq! — dedi. 4Soʻng xaloyiqdan soʻradi:
— Qonunga muvofiq Shabbat kuni yaxshilik qilish kerakmi yoki yomonlikmi? Jonni xalos qilish kerakmi yoki halok qilishmi?
Ular esa indamay turaverdilar.
5Iso odamlarning bunday bagʻri toshligidan ranjib, atrofga gʻazab bilan qaradi. Soʻngra oʻsha odamga:
— Qoʻlingni uzat! — dedi.
U odam qoʻlini uzatishi bilanoq, qoʻli soppa–sogʻ boʻlib qoldi. 6Farziylar esa darrov tashqariga chiqib: “Isoni qanday qilib oʻldirsak ekan?” deb Hirod tarafdorlari#3:6 Hirod tarafdorlari — Buyuk Hirodning avlodlari hukmronligini qoʻllab–quvvatlagan yahudiylarning bir guruhi. Buyuk Hirod va uning oʻgʻli Hirod Antipas (6:14 ga qarang) hokimiyati cheklangan boʻlib, faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritardi. Farziylar Rim hukumatiga qattiq qarshilik koʻrsatar, ammo Hirod tarafdorlari Rim hukmronligini qoʻllab–quvvatlar edilar. bilan til biriktirishdi.
Koʻl boʻyidagi olomon
7-8Iso shogirdlari bilan Jalila koʻli tomonga ketdi. Unga bir talay olomon ergashdi. Uning qilgan ishlari toʻgʻrisida eshitgan bu odamlar Jaliladan, Yahudiyadan, Quddusdan, Idumeya hududidan, Iordan daryosining sharqidagi yerlardan, shuningdek, Tir va Sidon atrofidagi hududlardan kelgan edilar. 9Odam koʻpligidan oyoq ostida qolib ketmay deb, Iso shogirdlariga qayiq tayyorlab qoʻyishni buyurdi. 10Iso koʻpchilikka shifo bergani uchun, hamma xastalar Isoga qoʻllarini tekkizmoqchi boʻlib, U tomon yopirilishardi. 11Yovuz ruhga chalingan odamlar esa Isoni koʻrgan zahoti, Uning oyoqlariga yiqilib: “Sen Xudoning Oʻgʻlisan#3:11 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang.”, — deb baqirib yuborishardi. 12Ammo Iso: “Mening kimligimni aytmanglar!” deb ularga qatʼiy buyurardi.
Iso oʻn ikki havoriyni tanlaydi
13Shundan soʻng Iso toqqa chiqib, Oʻzi xohlagan odamlarni yoniga chaqirdi. Ular kelgach, 14Iso oʻn ikki odamni tanlab olib, ularga havoriylar deb nom berdi#3:14 Iso oʻn ikki odamni tanlab olib, ularga havoriylar deb nom berdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Iso oʻn ikki odamni tanladi.. Soʻngra dedi:
— Men bilan birga boʻlishlaringiz uchun sizlarni tanlab oldim. Men sizlarni vaʼz aytishga yuboraman. 15Sizlarga jinlarni haydash#3:15 …jinlarni haydash… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida kasallarni sogʻaytirish va jinlarni haydash. hokimiyatini beraman.
16Iso tanlab olgan oʻn ikki havoriy quyidagilardir: Shimoʻn (Iso unga Butrus deb ism berdi), 17Zabadiyo oʻgʻillari Yoqub va Yuhanno (Iso ularga Baniragash, yaʼni “momaqaldiroq oʻgʻillari” deb nom berdi), 18yana Endrus, Filip, Bartolomey, Matto, Toʻma, Xalfey oʻgʻli Yoqub, Taddeyus#3:18 Taddeyus — baʼzi olimlarning fikri boʻyicha, bu ism Yoqub oʻgʻli Yahudoning yana bir ismi edi (Luqo 6:16, Havoriylar 1:13 ga qarang). Xoin Yahudodan ajralib turishi uchun unga Taddeyus ismi berilgan boʻlishi mumkin., vatanparvar#3:18 vatanparvar — bu nom Shimoʻnning Rim imperiyasiga qarshilik koʻrsatgan avom xalq harakatining aʼzosi ekaniga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin. Ushbu harakat aʼzolari siyosiy, iqtisodiy va diniy maqsadlarni koʻzlagan edilar. Shimoʻn 19va Isoga xiyonat qilgan Yahudo Ishqariyot.
Iso va shayton
20Shundan soʻng Iso uyga#3:20 uy — Butrus va Endrusning Kafarnahumdagi uyiga ishora boʻlsa kerak (1:29 ga qarang). ketdi. Ammo yana koʻp xaloyiq toʻplangani uchun Iso va shogirdlarining hatto non yeyishga ham vaqtlari boʻlmadi. 21Isoning qilgan ishlari toʻgʻrisida oila aʼzolari#3:21 oila aʼzolari — shu bobning 31-32–oyatlariga va 6:3 ga qarang. eshitib: “Iso aqldan ozib qolibdi”, deb Uni olib ketgani keldilar. 22Quddusdan kelgan Tavrot tafsirchilari esa:
— Uning ichiga Baalzabul kirib olgan. U Baalzabulning — ins–jinslar hukmdorining#3:22 …Baalzabul…ins–jinslar hukmdori… — shayton shohligidagi qudratli bir mavjudotga yoki shaytonning oʻziga ishora. kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti, — deyishdi.
23Shunda Iso ularni yoniga chaqirib, masal bilan soʻzlay boshladi:
— Qanday qilib shayton shaytonni quvib chiqara oladi?! 24Agar bir shohlik nizo tufayli oʻz ichidan boʻlinib ketsa, bunday shohlik xarob boʻladi. 25Agar bir xonadon nizo tufayli oʻz ichidan boʻlinib ketsa, u xonadon barbod boʻladi. 26Bordi–yu, shaytonning shohligi oʻz–oʻziga qarshi chiqib, boʻlinib ketsa, u barbod boʻlib, kuni bitadi. 27Hech kim kuchli odamning uyiga bostirib kirib, uning mol–mulkini talon–taroj qilib olib keta olmaydi. Uyning egasini oʻgʻri bogʻlab qoʻysagina, uyini talon–taroj qila oladi. 28Sizlarga chinini aytayin: odamlarning qilgan gunohlari, aytgan har qanday kufrliklari kechiriladi. 29Ammo kim Muqaddas Ruhga kufrlik qilsa#3:29 …kim Muqaddas Ruhga kufrlik qilsa… — Xudoga ishonishdan bosh tortib, Muqaddas Ruhning ishiga qarshilik koʻrsatadigan odamga ishora qiladi., hech qachon kechirilmaydi, chunki bu abadiy gunohdir.
30Iso bu soʻzni, “Uni yovuz ruh chalgan” deganlari sababli aytdi.
Isoning onasi va ukalari
31Isoning onasi bilan ukalari kelib qolishdi. Ular Isoni chaqirib kelish uchun odam yuborib, oʻzlari uyning tashqarisida kutib turishdi. 32Isoning atrofida olomon oʻtirgan edi. Ular Isoga:
— Ana, onangiz va ukalaringiz#3:32 onangiz va ukalaringiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida onangiz, ukalaringiz va singillaringiz. tashqarida Sizni soʻrayaptilar, — deyishdi. 33Iso ularga javoban:
— Mening onam va ukalarim kim? — dedi. 34Soʻngra atrofida oʻtirganlarga nazar solib dedi:
— Mana, Mening onam va ukalarim! 35Kimda–kim Xudoning irodasini bajo qilsa, u Mening ukam, singlim, onam boʻladi.
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020