Matto 21

21
21–BOB
Iso Quddusga tantanali kiradi
1Iso bilan shogirdlari Quddusga yaqinlashib, Zaytun togʻi#21:1 Zaytun togʻi — Quddus shahrining sharqiy devori boʻylab oʻtgan Qidron soyligining narigi tomonidagi tepalik. etagidagi Baytfagiya qishlogʻiga yetib kelishganda, Iso ikki shogirdiga dedi:
2— Anavi qishloqqa boringlar. U yerga borishingiz bilanoq, bogʻlab qoʻyilgan eshakni va yonidagi xoʻtikni koʻrasizlar. Ularni yechib, Mening oldimga olib kelinglar. 3Agar kimdir sizga biron nima desa, “Bular Rabbimiz Masihga kerak. U darhol bularni qaytarib yuboradi”, deb aytinglar.
4Bu voqea paygʻambarning aytgan quyidagi soʻzlari bajo boʻlishi uchun yuz bergan edi:
5“Quddus xalqiga#21:5 Quddus xalqi — yunoncha matnda Qiz Sion, Quddus ahliga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang. ayting:
Mana Shohingiz kelyapti.
Kamtarindir Shohingiz,
U eshakning ustida,
Ha, eshakning bolasini —
Xoʻtikni minib kelyapti.”#21:5 Zakariyo 9:9 ga qarang. Yana Ishayo 62:11 ga qarang.
6Shogirdlar borib, Iso ularga buyurganiday qilishdi. 7Ular eshak bilan xoʻtikni Isoning oldiga olib kelishdi. Eshak va xoʻtik ustiga toʻnlarini tashlashdi, Iso xoʻtikka mindi. 8Bir talay olomon toʻnlarini yoʻlga poyandoz qildi. Baʼzilari esa daraxt shoxlarini kesib, yoʻlga toʻshadilar. 9Oldinda va orqada yurayotgan olomon shunday deb hayqirardi:
“Dovud Oʻgʻliga#21:9 Dovud Oʻgʻli — 9:27 izohiga qarang. tasanno!
Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin!#21:9 Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin! — Zabur 117:26 ga qarang.
Falak toqida Unga tasanno oʻqilsin!”
10Iso Quddusga kirib kelganda, butun shahar: “Bu kim boʻldi?” deb gʻimirlab qoldi. 11Olomon esa shunday deb javob berardi: “U Jalilaning Nosira shahridan boʻlgan Iso paygʻambar!”
Iso sotuvchilarni Maʼbaddan quvadi
12Iso Maʼbadga kirib, ichkarida oldi–sotdi qilayotgan hammani quvib chiqardi. Sarroflarning#21:12 Sarroflar — pul ayirboshlovchilar. Ular Rim va Yunon tangalarini yahudiylarning shaqaliga almashtirganlar. Maʼbad soligʻini toʻlash va qurbonlik qilinadigan hayvonlarni sotib olish uchun shaqal ishlatilgan. xontaxtalarini va kaptar sotuvchilarning kursilarini agʻdarib yubordi. 13Iso ularga shunday dedi:
— “Mening uyim, ibodat uyi deb ataladi”#21:13 Ishayo 56:7 ga qarang., deb Tavrotda yozilgan–ku! Sizlar esa Xudoning uyini qaroqchilar uyasiga#21:13 qaroqchilar uyasi — Yeremiyo 7:11 ga qarang. aylantirib yuboribsizlar!
14Maʼbadda Isoning oldiga koʻrlar va choʻloqlar keldi. Iso ularga shifo berdi. 15Bosh ruhoniylar bilan Tavrot tafsirchilari Isoning qilayotgan ajoyib ishlarini koʻrib va Maʼbaddagi bolalarning: “Dovud Oʻgʻliga tasanno!” deb hayqirayotganini eshitib, qattiq gʻazablandilar.
16— Ularning nima deyayotganlarini eshityapsanmi? — dedilar Unga.
— Ha, eshityapman! — deb javob berdi Iso. — Nahotki sizlar: “Sen bolalar va chaqaloqlarga madhiya aytishni oʻrgatding”#21:16 Muallif bu oʻrinda Zabur 8:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan. degan soʻzlarni hech qachon oʻqimagan boʻlsangiz?
17Soʻng Iso ularni tark etib, Quddusdan chiqib ketdi. U Baytaniya qishlogʻiga#21:17 Baytaniya qishlogʻi — Quddus shahrining sharqiy devori boʻylab oʻtgan Qidron soyligining narigi tomonida joylashgan edi. borib, u yerda tunab qoldi.
Qurib qolgan anjir daraxti
18Ertalab Iso shaharga qaytib kelayotganda och edi. 19Yoʻl chetida bir anjir daraxtini koʻrib, uning yoniga bordi. Iso barglardan boshqa hech narsa topmay, daraxtga:
— Bundan buyon senda aslo meva boʻlmasin! — dedi. Anjir daraxti shu zahoti qurib qoldi. 20Shogirdlar buni koʻrib:
— Qanday qilib anjir daraxti darrov qurib qoldi? — deb hayron boʻldilar.
21Iso ularga shunday dedi:
— Sizlarga chinini aytayin, agar shubhalanmay ishonsangiz, nafaqat anjir daraxtini shu koʻyga sola olasiz, balki mana bu toqqa: “Qoʻporilib, dengizga otil”, — desangiz, aytganingiz boʻladi. 22Ishoning, shunda ibodatda nimaiki soʻrasangiz, olasiz.
Isoning hokimiyati haqida savol
23Iso Maʼbadga kirib taʼlim berayotganda, bosh ruhoniylar va xalq yoʻlboshchilari Uning oldiga kelib, savol berdilar:
— Siz bu ishlarni qanday hokimiyat bilan qilyapsiz? Bu hokimiyatni Sizga kim bergan?
24Iso ularga shunday javob berdi:
— Men ham sizlarga bir savol berayin. Agar Menga javob bersangizlar, Men ham bu ishlarni qanday hokimiyat bilan qilayotganimni sizlarga aytaman. 25Yahyo xalqni suvga choʻmdirish huquqini Xudodan olganmidi yoki insondanmi?
Ular esa oʻzaro mulohaza yuritdilar:
— Agar: “Xudodan”, — desak, U: “Nega Yahyoga ishonmadingizlar?” — deydi. 26Agar: “Insondan”, — desak, xalqdan qoʻrqamiz, chunki hamma Yahyoni paygʻambar deb hisoblaydi.
27Shunday qilib, ular Isoga:
— Bilmaymiz, — deb javob berdilar. Iso ularga dedi:
— Unday boʻlsa, Men ham bu ishlarni qaysi hokimiyat bilan qilayotganimni sizlarga aytmayman.
Ikki oʻgʻil haqida masal
28Soʻng Iso ularga dedi: “Sizlar mana bunga nima deysizlar? Bir odamning ikki oʻgʻli bor ekan. U katta oʻgʻlining yoniga kelib:
— Oʻgʻlim, bor, bugun uzumzorda ishla, — debdi.
29— Bormayman! — debdi oʻgʻil. Ammo keyin aytgan gapiga pushaymon boʻlib, boribdi. 30Ota kenja oʻgʻlining oldiga borib, oʻsha gapini aytibdi. Bu oʻgʻil:
— Boʻpti, boraman, ota, — debdi, ammo bormabdi. 31Ikkovidan qaysi biri otasining xohishini bajardi?”
“Birinchisi”, — deb javob berdi ular.
Iso ularga: “Sizlarga chinini aytayin, — dedi. — Soliqchilar#21:31 Soliqchilar — 5:46 izohiga qarang. bilan fohishalar Xudoning Shohligiga sizlardan oldin kirib boradilar. 32Chunki Yahyo choʻmdiruvchi sizning oldingizga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatgani keldi, ammo sizlar unga ishonmadingizlar. Soliqchilar bilan fohishalar esa ishonishdi. Sizlar buni koʻrib turib ham pushaymon boʻlmadingizlar, ishonmadingizlar.
Yovuz bogʻbonlar haqida masal
33Endi boshqa bir masalni eshitinglar: bir yer egasi bor ekan. U uzumzor barpo qilibdi. Atrof–tevaragini devor bilan oʻrab, uzum siqish chuqurini#21:33 uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi. qazibdi, kuzatuv minorasini quribdi. Keyin uzumzorni bogʻbonlarga ijaraga berib, oʻzi safarga ketibdi. 34Yigʻim–terim mavsumida xoʻjayin: «Hosildan menga tegishli ulushni olib kelinglar», deb xizmatkorlarini bogʻbonlar oldiga yuboribdi. 35Bogʻbonlar esa uning xizmatkorlarini tutib olishibdi, birini urib, birini oʻldirib, boshqa birini esa toshboʻron qilishibdi. 36Shundan keyin u oldingidan koʻproq xizmatkorlarini bogʻbonlar oldiga joʻnatibdi. Bogʻbonlar esa ular bilan ham xuddi shunday qilishibdi. 37Oxirida uzumzor egasi:
— Oʻgʻlimni albatta hurmat etadilar, — deb bogʻbonlar oldiga oʻz oʻgʻlini yuboribdi. 38Ammo bogʻbonlar uning oʻgʻlini koʻrganlarida bir–biriga:
— Bu merosxoʻr–ku! Kelinglar, uni oʻldirib, merosiga ega boʻlaylik, — deyishibdi. 39Uni tutib, uzumzordan tashqariga chiqarib, oʻldirishibdi. 40Xoʻsh, sizningcha, uzumzorning egasi qaytib kelganda, u bogʻbonlarni nima qiladi?”
41“U bu yaramaslarni shafqatsizlarcha oʻldiradi, — deb javob berdi ular. — Uzumzorni esa boshqa bogʻbonlarga ijaraga beradi. Bu bogʻbonlar uzum hosilini unga oʻz vaqtida berishadi.”
42Iso ularga dedi: “Nahotki sizlar Muqaddas bitiklardagi shu soʻzlarni hech oʻqimagan boʻlsangiz:
«Binokorlar rad etgan tosh
Binoning tamal toshi#21:42 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qoʻyilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi oʻsha toshning joylashuvi boʻyicha qurilardi. boʻldi.
Bu Egamizning qilgan ishidir,
Koʻz oldimizdagi ajoyibotdir.»#21:42 Zabur 117:22-23 ga qarang.
43Shuning uchun sizlarga aytaman: Xudoning Shohligi sizlardan tortib olinadi va Shohlik uchun hosil yetishtiradigan odamlarga beriladi. 44Kim bu tamal toshiga#21:44 bu tamal toshi — Iso bu soʻzni ramziy maʼnoda ishlatgan boʻlib, Oʻzini nazarda tutgan. yiqilsa, parcha–parcha boʻladi. Tosh kimning ustiga tushsa, uni ezib yuboradi.”
45Bosh ruhoniylar va farziylar bu masalni eshitib, Iso ular haqida gapirganini tushundilar. 46Uni hibsga olmoqchi boʻldilar, ammo xalqdan qoʻrqdilar. Chunki xalq Isoni paygʻambar deb bilar edi.

目前选定:

Matto 21: O‘zbMK

高亮显示

分享

复制

None

想要在所有设备上保存你的高亮显示吗? 注册或登录