Matto 22
22
22–BOB
Toʻy ziyofati haqida masal
1Iso odamlarga yana masallar bilan gapira boshladi:
2“Osmon Shohligini oʻgʻliga toʻy ziyofati bergan shohga qiyoslasa boʻladi. 3Shoh toʻyga taklif etilgan mehmonlarni chaqirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi. Mehmonlar esa kelishni xohlamabdilar. 4Shoh yana boshqa xizmatkorlarini yuborib, shunday debdi:
— Taklif etilganlarga aytinglar: men ziyofat dasturxonini tayyorlab qoʻydim, buqayu boʻrdoqilarim soʻyildi, hammasi tayyor. Toʻyga kelaveringlar!
5Biroq ular bu taklifni ham nazarga ilmabdilar, biri dalasiga, boshqasi oʻz ishiga ketibdi. 6Qolganlar esa shoh xizmatkorlarini tutib, xoʻrlab, oʻldirishibdi. 7Shoh buni eshitib, gʻazablanibdi. Lashkarini yuborib, qotillarni qatl qildiribdi, shaharlarini esa yondirib kul qilibdi. 8Shundan keyin u xizmatkorlariga aytibdi:
— Toʻy ziyofati tayyor, lekin taklif etilganlar bunga munosib emas ekanlar. 9Shuning uchun chorrahalarga boringlar, kimni koʻrsangiz, toʻy ziyofatiga taklif qilinglar.
10Xizmatkorlar yoʻlga chiqib, uchratganlarining hammasini — yomonlarni ham, yaxshilarni ham yigʻib kelibdilar. Xullas, toʻyxona mehmonlarga toʻlibdi.
11Shoh mehmonlarni koʻrish uchun kirganda, u yerda toʻy kiyimini kiymagan bir odamni koʻribdi 12va undan:
— Doʻstim, toʻy kiyimisiz bu yerga qanday kirdingiz? — deb soʻrabdi, u hech qanday javob bera olmabdi. 13Shunda shoh xizmatkorlariga aytibdi:
— Bu odamning qoʻl–oyoqlarini bogʻlab, tashqariga, qorongʻilikka tashlanglar. U yerda u qattiq pushaymon boʻlib, figʻon chekadi.
14Axir, daʼvat etilganlar koʻp, ammo tanlanganlar ozdir.”
Soliq toʻlash haqida savol
15Shunda farziylar kelib, Isoni tilidan ilintirish uchun reja tuzdilar. 16Ular oʻz shogirdlarini Hirod tarafdorlari#22:16 Hirod tarafdorlari — Buyuk Hirodning avlodlari hukmronligini qoʻllab–quvvatlagan yahudiylarning bir guruhi. Buyuk Hirod va uning oʻgʻli Hirod Antipas (14:1 ga qarang) hokimiyati cheklangan boʻlib, faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritardi. Farziylar Rim hukumatiga qattiq qarshilik koʻrsatar, ammo Hirod tarafdorlari Rim hukmronligini qoʻllab–quvvatlar edilar. bilan birga Isoning oldiga yuborishdi.
— Ustoz, — deyishdi ular, — Siz odil ekaningizni bilamiz. Siz Xudoning yoʻlini toʻgʻri oʻrgatasiz. Biror kishiga xushomadgoʻylik, yuz–xotirchilik qilmaysiz. 17Bizga ayting–chi, Qaysarga#22:17 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Bu oʻrinda Qaysar Tiberiyga ishora qilingan. U milodiy 14-37 yillarda hukmronlik qilgan. soliq toʻlashimiz#22:17 …Qaysarga soliq toʻlashimiz… — yahudiylar Rim bosqinchilaridan gʻoyat nafratlanganlari uchun, ularga soliq toʻlashni aslo istamas edilar. Biroq soliq toʻlamaslik katta muammolarni keltirib chiqarar edi. toʻgʻrimi yoki yoʻqmi?
18Ammo Iso ularning niyati yomon ekanini bilib turardi. U shunday dedi:
— Hoy ikkiyuzlamachilar! Nima, Meni sinab koʻrmoqchimisizlar? 19Soliqqa toʻlanadigan tangani Menga koʻrsatinglar.
Ular Isoga bir dinor#22:19 dinor — Rim kumush tangasi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi. keltirdilar.
20— Bu surat va yozuv kimniki? — deb soʻradi Iso.
21— Qaysarniki, — deb javob berdi ular.
— Unday boʻlsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, — dedi Iso.
22Ular buni eshitib lol qoldilar. Isoni oʻz holiga qoʻyib, qaytib ketdilar.
Oʻliklarning tirilishi haqida savol
23Sadduqiylar oʻliklarning tirilishini inkor etardilar. Ularning baʼzilari oʻsha kuni Isoning oldiga kelib, shunday savol berdilar:
24— Ustoz! Muso aytgan ediki#22:24 …Muso aytgan ediki… — Qonunlar 25:5-6 ga qarang.: “Agar odam farzand koʻrmay oʻlib ketsa, marhumning ukasi akasining xotiniga uylanib, akasi uchun farzandni dunyoga keltirsin.” 25Xoʻsh, bizda yetti aka–uka bor edi. Birinchisi uylandi, ammo farzand koʻrmay olamdan oʻtdi, xotini esa ukasiga qoldi. 26Ikkinchi, uchinchi, hatto yettinchisigacha, hammasining boshiga shu koʻrgilik tushdi. 27Oxirida xotin ham qazo qildi. 28Ayting–chi, Xudo odamlarni tiriltirganda xotin yettovidan qaysi birining xotini hisoblanadi? Axir, hammasi unga uylangan edi–ku.
29Iso ularga shunday javob berdi:
— Sizlar Muqaddas bitiklarni#22:29 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari toʻplami shu nom bilan ataladi. ham, Xudoning qudratini ham bilmaysizlar, ana shu sababdan adashyapsizlar. 30Oʻliklar tirilganda uylanmaydilar, erga ham tegmaydilar, balki bamisoli samodagi farishtalarday boʻladilar. 31Oʻliklarning tirilishi haqidagi masalaga kelsak: nahotki Xudoning sizlarga aytgan gaplarini hech qachon oʻqimagan boʻlsangizlar?! 32U: “Men Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosiman”#22:32 Chiqish 3:6 ga qarang., — degan–ku! Axir, Xudo oʻliklarning emas, tiriklarning Xudosidir.
33Olomon buni eshitib, Isoning taʼlimotidan hayratda qoldi.
Eng buyuk amr
34Iso sadduqiylarni mot qilib qoʻyganini eshitib, farziylar bir joyga yigʻildilar. 35Isoni sinash maqsadida ulardan biri — Tavrot tafsirchisi Unga shunday savol berdi:
36— Ustoz, Tavrotdagi qaysi amr eng buyuk?
37Iso unga dedi:
— “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving.”#22:37 Qonunlar 6:5 ga qarang. 38Bu birinchi va eng buyuk amr. 39Ikkinchisi esa shunga oʻxshashdir: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving.”#22:39 Levilar 19:18 ga qarang. 40Butun Tavrot va paygʻambarlarning hamma bitiklari#22:40 Butun Tavrot va paygʻambarlarning hamma bitiklari — odatda Eski Ahd kitoblari toʻplami shu nom bilan ataladi (5:17 izohiga qarang). mana shu ikki amrga tayanadi.
Masih kimning oʻgʻli?
41Farziylar yigʻilishganda, Iso ulardan soʻradi:
42— Masih haqida nima deb oʻylaysizlar? U kimning oʻgʻli?
— Dovudning Oʻgʻli#22:42 Dovudning Oʻgʻli — 9:27 izohiga qarang., — deb javob berdi ular. 43Iso ularga dedi:
— Unday boʻlsa, qanday qilib Dovud Muqaddas Ruh orqali Masihni Rabbim deb aytadi? Dovud shunday degan edi:
44“Egamiz aytmoqda Rabbimga:
Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda#22:44 Mening oʻng tomonim — oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan. oʻtirgin.”#22:44 Zabur 109:1 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang.
45Agar Dovud Masihni Rabbim deb atagan boʻlsa, qanday qilib Masih Dovudning Oʻgʻli boʻladi?!
46Isoning savoliga hech kim javob bera olmadi. Oʻsha kundan boshlab hech kim Unga savol berishga jurʼat etolmaydigan boʻldi.
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020