Matto 20

20
20–BOB
Mardikorlar haqida masal
1Osmon Shohligi erta saharda uzumzoriga mardikorlar yollagani chiqqan bogʻ egasiga oʻxshaydi. 2Bogʻ egasi mardikorlarga, sizlarga bir kumush tangadan#20:2 bir kumush tanga — yunoncha matnda bir dinor, Rim kumush tangasi. Shu bobning 9, 10, 13–oyatlarida ham bor., odatdagi bir kunlik ish haqini toʻlayman, deb ular bilan kelishibdi. Soʻng ularni oʻzining uzumzoriga yuboribdi.
3Soat toʻqqizlarda u bozor maydoniga chiqqan ekan, bekor turgan bir necha odamlarni koʻrib, 4ularga:
— Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, tegishli ish haqingizni toʻlayman, — debdi. Ular boribdi.
5Bogʻ egasi soat oʻn ikkilarda va uchda bozor maydoniga chiqib, yana shunday qilibdi. 6Soat beshlarda tagʻin bozor maydoniga borsa, bekor turgan yana boshqalarni koʻribdi–da:
— Nega sizlar bu yerda kun boʻyi bekor turibsizlar? — deb soʻrabdi. 7Ular:
— Hech kim bizni ishga yollamadi, — deb javob beribdilar. Shunda bogʻ egasi:
— Sizlar ham mening uzumzorimga borib ishlanglar#20:7 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar bogʻ egasining gapiga qoʻshimcha qilingan: tegishli haqingizni olasizlar., — debdi.
8Kech boʻlganda, uzumzor egasi oʻzining ishboshisiga:
— Mardikorlarni chaqirib, ularga ish haqlarini ber. Oxir kelganlardan boshlagin, birinchi kelganlarga oxirida berasan, — deb buyuribdi. 9Shunday qilib, soat beshlarda ish boshlaganlar bir kumush tangadan olishibdi. 10Birinchi kelganlarga haq toʻlash navbati kelganda, ular: “Biz koʻproq olamiz”, deb oʻylabdilar. Ammo ularning har biriga ham bir kumush tangadan berilibdi. 11Ular pullarini olgach, bogʻ egasiga noroziligini bildira boshlashibdi:
12— Manavi oxirgi kelganlar bir soatgina ishlashdi, biz esa kun boʻyi jaziramada mehnat qildik. Ammo siz bizning mehnatimizni ularning qilgan ishi bilan teng koʻrdingiz.
13Bogʻ egasi ulardan biriga shunday dedi:
— Doʻstim, men senga nohaqlik qilganim yoʻq. Sen bilan bir kumush tangaga kelishgan edik–ku! 14Endi haqingni olgin–u, joʻna. Mana bu oxirgi kelganlarga sen bilan baravar ish haqi berishni xohladim. 15Oʻzimning pulimni xohlaganimcha sarf qila olishga haqim yoʻqmi?! Yoki mening saxiyligimni koʻrolmayapsanmi?
16Shunday qilib, oxirgilar birinchi boʻladilar, birinchilar esa oxirgi boʻladilar#20:16 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar Isoning gapiga qoʻshimcha qilingan: Axir, daʼvat etilganlar koʻp, ammo tanlanganlar ozdir..”
Iso Oʻz oʻlimi toʻgʻrisida uchinchi marta gapiradi
17Iso Quddusga ketayotganda, oʻn ikki shogirdini chetga olib, ularga dedi:
18— Mana, biz Quddusga ketyapmiz. U yerda Inson Oʻgʻli bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qoʻliga tutib beriladi. Ular Inson Oʻgʻlini oʻlimga mahkum qiladilar. 19Soʻng gʻayriyahudiylarga#20:19 gʻayriyahudiylar — oʻsha davrda Yahudiyada hukmronlik qilgan Rim imperiyasi amaldorlariga ishora. topshiradilar. Gʻayriyahudiylar Uni haqoratlaydilar, qamchilaydilar va xochga mixlaydilar. Ammo uchinchi kuni U tiriladi.
Bir onaning tilagi
20Oʻsha paytda Zabadiyoning xotini ikki oʻgʻlini#20:20 ikki oʻgʻli — yaʼni Yoqub va Yuhanno. boshlab, Isoning oldiga keldi. U Isodan bir narsa iltimos qilmoqchi boʻlib, Unga taʼzim qildi. 21Iso ayoldan:
— Nima istaysiz? — deb soʻradi.
— Shohligingizda oʻgʻillarimning biri Sizning oʻng tomoningizda#20:21 Sizning oʻng tomoningiz — oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan., biri chap tomoningizda oʻtirsin! — dedi Unga ayol. 22Iso shunday dedi:
— Sizlar nima soʻrayotganingizni bilmaysizlar. Men ichadigan azob kosasidan#20:22 azob kosasi — yunoncha matnda kosa, Isoning azoblari va xochdagi oʻlimiga ishora (shu bobning 17-19–oyatlariga qarang). “Kosadan ichmoq” iborasi azob–uqubat tortib, jazo olish maʼnosini bildiradi (misol uchun, Zabur 74:9, Ishayo 51:17, Yeremiyo 25:15 ga qarang). sizlar icha olasizlarmi?#20:22 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar Isoning gapiga qoʻshimcha qilingan: Men boshdan kechiradigan qaygʻu–alamlarga botib chiday olasizlarmi?
— Icha olamiz! — deb javob berdi ular. 23Iso ularga dedi:
— Sizlar–ku Men ichadigan azob kosasidan ichasizlar#20:23 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar Isoning gapiga qoʻshimcha qilingan: boshdan kechiradigan qaygʻu–alamlarimga oʻzingiz ham duchor boʻlasizlar., ammo Mening oʻng va chap tomonimda oʻtirishga ruxsat berish Oʻz ixtiyorimda emas. Bu oʻrinni osmondagi Otam kimlarga atagan boʻlsa, oʻshalarniki boʻladi.
24Qolgan oʻnta shogird buni eshitib, ikkala aka–ukadan achchiqlanib ketishdi. 25Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi:
— Butparastlarga qaranglar, ularning hukmdorlari xalqlariga oʻz hukmini oʻtkazadilar, katta amaldorlari elga zoʻravonlik qiladilar. 26Ammo sizlarning orangizda bunday boʻlmasin. Aksincha, orangizda kim katta boʻlishni istasa, sizlarga xizmat qilsin. 27Orangizda kim birinchi boʻlishni istasa, sizlarga qul boʻlsin. 28Axir, Inson Oʻgʻli ham Oʻziga xizmat qildirish uchun emas, balki Oʻzi boshqalarga xizmat qilish va Oʻz jonini fido qilib, koʻplarni ozod qilish uchun kelgan.
Iso ikki koʻrga shifo beradi
29Iso bilan shogirdlari Yerixodan ketar ekanlar, bir talay olomon Isoga ergashdi. 30Yoʻl boʻyida ikkita koʻr odam oʻtirgan edi. Ular oldilaridan Iso oʻtib ketayotganini eshitib:
— Ey Hazrat, Dovud Oʻgʻli#20:30 Dovud Oʻgʻli — 9:27 izohiga qarang., bizlarga rahm qiling! — deb baqirdilar. 31Olomon esa:
— Jim boʻlinglar! — deb ularga doʻq qildi. Ular esa yanada qattiqroq baqirib:
— Ey Hazrat, Dovud Oʻgʻli, bizlarga rahm qiling! — deb faryod qilishardi. 32Iso toʻxtab, ularni yoniga chaqirdi–da:
— Mendan nima istaysizlar? — deb soʻradi. 33Ular:
— Hazrat, koʻzlarimiz ochilsin! — deyishdi.
34Isoning ularga rahmi kelib, koʻzlariga qoʻl tekkizdi. Shu zahoti ularning koʻzlari ochildi. Soʻng ular Isoning ortidan ergashdilar.

目前选定:

Matto 20: O‘zbMK

高亮显示

分享

复制

None

想要在所有设备上保存你的高亮显示吗? 注册或登录