Mark Kirish

Kirish
Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning ikkinchisidir. Mark kitobi Xushxabar kitoblari orasida eng qisqasi boʻlib, Isoning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida hikoya qiladi. Bu kitob muallifi Markdir. U havoriy Butrusning vaʼzlari va taʼlimotiga asoslangan holda, Isoning safarlari va koʻrsatgan aql bovar qilmas moʻjizalari haqida bayon qiladi. Kitob Isoning xochdagi oʻlimi va tirilishi haqidagi voqealar bilan yakunlanadi.
Mark Isoning qudrati va hokimiyatiga alohida urgʻu beradi. U Isoni Xudoning Oʻgʻli#Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. deb taʼkidlab, Iso ulugʻ Ustoz, tengi yoʻq Shifokor ekanini, hatto shayton, jinlar va oʻlim ham Unga boʻysunishini hikoya qiladi. Iso tabiat hodisalari, gunoh, diniy udumlar va Maʼbaddagi tartib ustidan Hukmron ekanini muallif koʻrsatadi. Iso odamlarga shifo bergani haqida Mark takror–takror bayon qiladi, bu moʻjizalarning hammasini Iso Xudoning qudrati bilan qilganini muallif taʼkidlaydi.
Din arboblari Isoning taʼlimotini qabul qilishmaydi. Bu esa Iso va ularning orasida ziddiyat tugʻdiradi (2:2-3:6). Oqibatda ular Isoni oʻldirish payiga tushadilar (11:18).
Bu kitob Isoning shogirdlarini va olomonni hayratga solgan moʻjizalarga boy boʻlsa–da, mazkur Xushxabarga koʻra, Isoning eng qudratli ishi Uning xochda tortgan azobi va oʻlimidir. Buni anglagan birinchi odam Rim askari boʻladi, u Isoning xochda oʻlganini koʻrib: “Bu Odam haqiqatan ham Xudoning Oʻgʻli ekan!” deb tan oladi (15:39).
Toʻrtta Xushxabar orasida Mark bayon etgan Xushxabar birinchi boʻlib yozilgan, degan fikr keng tarqalgan. Mazkur Xushxabardagi koʻplab oramiycha soʻzlar va yahudiycha odatlarning izohi shunday fikrga olib keladi: Mark bu kitobini gʻayriyahudiy xalqlardan boʻlgan masihiylar uchun yozgan. Muallif Iso toʻgʻrisida hikoya qilganda, kitobxonni Isoning qudratiga ishontirishga harakat qiladi. Zotan, Uning qudrati odamlarni xastaliklardan, jinlardan va oʻlimdan xalos qila oladi. Shuningdek, Mark imondagi yangi hayot yengil emasligini eslatib qoʻyishni xohlaydi. Imonlilar Isoga ergashib, boshqalarga xizmat qilishlari va Iso singari azob–uqubat tortishga tayyor boʻlishlari kerakligini aytadi.

目前选定:

Mark Kirish: O‘zbMK

高亮显示

分享

复制

None

想要在所有设备上保存你的高亮显示吗? 注册或登录