Matto 28

28
28–BOB
Iso tiriladi
1Shabbat kunining ertasiga, yakshanba kuni tongotarda Magdalalik#28:1 Magdala — Jalila koʻlining gʻarbiy qirgʻogʻidagi qishloq. Maryam bilan boshqa Maryam#28:1 boshqa Maryam — 27:56 ga qarang. qabrni koʻrgani borishdi. 2Shunda toʻsatdan qattiq zilzila boʻldi, chunki Egamizning farishtasi osmondan tushib, qabr ogʻzidagi toshni agʻdarib yubordi. Farishta oʻsha tosh ustiga oʻtirdi. 3Uning qiyofasi yashinday porlardi, kiyimlari qorday oppoq edi. 4Uni koʻrib soqchilar shunchalik qoʻrqib ketdilarki, titrab, murdaday qotib qoldilar.
5Farishta ayollarga dedi:
— Qoʻrqmanglar! Bilaman, sizlar xochga mixlangan Isoni qidiryapsizlar. 6U bu yerda yoʻq. Oʻzi aytganiday, U tirildi. Mana, kelib koʻringlar, U shu yerda yotgan edi. 7Endi tezroq borib, Uning shogirdlariga: “Iso oʻlikdan tirildi. U sizlarni Jalilada kutyapti. Uni oʻsha yerda koʻrasizlar”, — deb aytinglar. Sizlarga aytadigan gapim shu edi.
8Ayollar shosha–pisha qabr yonidan ketdilar. Qoʻrquv va cheksiz sevinchga toʻlib, Isoning shogirdlariga xabar bergani yugurib ketdilar. 9Birdaniga Isoning Oʻzi ularning qarshisidan chiqib:
— Salom! — dedi.
Ayollar Isoning oldiga borib, oyoqlariga yopishgancha Unga sajda qildilar. 10Iso ularga dedi:
— Qoʻrqmanglar! Borib, birodarlarimga: “Jalilaga borar ekansizlar”, deb aytinglar. Ular Meni oʻsha yerda koʻradilar.
Soqchilarning xabari
11Ayollar ketganlaridan keyin, soqchilar boʻlinmasidan bir nechtasi shaharga kirib, yuz bergan voqea toʻgʻrisida bosh ruhoniylarga aytib berdilar. 12Bosh ruhoniylar bilan yoʻlboshchilar uchrashib, reja tuzdilar. Ular soqchilarga katta miqdorda pul berib, 13shunday dedilar:
— Sizlar hammaga: “Isoning shogirdlari kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda jasadni oʻgʻirlab ketishdi”, deb aytasizlar. 14Bordi–yu, bu xabar hokimning#28:14 hokim — yaʼni Pilat (27:2 izohiga qarang). qulogʻiga yetib borgudek boʻlsa, uni oʻzimiz ishontiramiz, sizlarni har qanday koʻngilsizlikdan xalos etamiz.
15Shunday qilib, soqchilar pulni olib, aytilganday qildilar. Voqeaning shu taʼrifi bugungi kungacha#28:15 bugungi kungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. yahudiylar orasida keng tarqalgan.
Buyuk topshiriq
16Oʻn bir shogird Jalila hududiga, Iso ularga tayin etgan toqqa bordilar. 17Shogirdlar Isoni koʻrganlari zahoti, Unga sajda qildilar, baʼzilari esa ikkilanib qoldilar.
18Iso kelib, ularga dedi: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. 19Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar. 20Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga oʻrgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga boʻlaman.”#28:20 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin.

目前选定:

Matto 28: O‘zbMK

高亮显示

分享

复制

None

想要在所有设备上保存你的高亮显示吗? 注册或登录