Levilar 4
4
4–BOB
Bilmasdan qilingan gunoh uchun nazrlar
1Egamiz Muso orqali 2Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: agar birorta odam Egamizning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qoʻyib, gunoh orttirib olsa, quyidagicha ish tutsin: 3moy surtib tanlangan ruhoniy gunoh qilib qoʻysa, u butun xalqni aybdor qilib qoʻygan boʻladi. U qilgan gunohi uchun nuqsonsiz buqani gunoh qurbonligi sifatida Egamizga keltirsin. 4Buqani Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelib, qoʻlini buqaning boshiga qoʻysin. Soʻng buqani oʻsha yerda — Egamizning huzurida soʻysin. 5Moy surtib tanlangan ruhoniy buqaning qonidan olib, Uchrashuv chodiriga olib kirsin. 6U barmogʻini qonga botirib, qonni Egamizning huzurida, Eng muqaddas xonani toʻsib turgan ichki parda tomonga yetti marta sachratsin. 7Soʻng qonni Egamizning huzurida Uchrashuv chodiridagi xushboʻy tutatqi qurbongohining shoxlariga#4:7 tutatqi qurbongohining shoxlari — tutatqi qurbongohining tepasidagi toʻrt burchagidan toʻrtta shox boʻrtib chiqqan edi. surtsin. Buqaning ortgan qonini esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi qurbonlik kuydiriladigan qurbongohning yoniga toʻksin. 8Gunoh qurbonligi qilingan buqaning hamma yogʻlarini ajratib olsin: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlarni, hamma charvini, 9ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yogʻlarni va jigarning aʼlo qismini#4:9 jigarning aʼlo qismi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi jigarning turtib chiqqan joyi. 3:4 izohiga qarang.. Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan boʻlishi lozim. 10Tinchlik qurbonligining yogʻlari qanday ajratib olinsa, gunoh qurbonligining yogʻlari ham shu usulda ajratib olinsin. Ruhoniy yogʻlarni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh ustida kuydirsin. 11Buqaning qolgan qismlarini: terisini, goʻshtini, kallasini, oyoqlarini va ichak–chovoqlarini 12qarorgohning tashqarisidagi kul toʻkiladigan halol joyga olib chiqib, oʻtinlar ustida kuydirsin.
13Agar butun jamoa Egamizning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib, gunoh orttirib olsa, ular bundan xabarsiz boʻlgan taqdirda ham, baribir aybdor boʻladilar. 14Qilgan gunohlari fosh boʻlgandan keyin, ular butun jamoa nomidan gunoh qurbonligi qilish uchun buqani Uchrashuv chodiri oldiga olib kelishsin. 15Jamoa oqsoqollari buqaning boshiga qoʻllarini qoʻyib, uni oʻsha yerda — Egamizning huzurida soʻyishsin. 16Moy surtib tanlangan ruhoniy buqaning qonidan Uchrashuv chodiriga olib kirsin. 17U barmogʻini qonga botirib, qonni Egamizning huzurida ichki parda tomonga yetti marta sachratsin. 18Soʻng Egamizning huzurida turgan Uchrashuv chodiridagi tutatqi qurbongohining shoxlariga qondan surtsin. Buqaning qolgan qonini esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi qurbonlik kuydiriladigan qurbongohning yoniga toʻksin. 19Keyin buqaning yogʻlarini ajratib olib, qurbongoh ustida kuydirsin. 20Ruhoniyning gunohi uchun keltirilgan buqani nima qilgan boʻlsa, bu buqani ham oʻshanday qilsin. Shu yoʻsinda ruhoniy jamoani gunohdan poklasin, shunda ularning gunohi kechiriladi. 21Soʻng ruhoniy buqaning qolgan qismlarini qarorgohdan tashqariga olib chiqib, oldingi buqani kuydirganday kuydirsin. Jamoaning gunohi uchun keltiriladigan qurbonlik shudir.
22Agar hukmdor oʻz Egasi Xudoning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qoʻyib, gunoh orttirib olsa, u aybdor boʻladi. 23Qilgan gunohi fosh boʻlgandan keyin, u nuqsonsiz bir takani qurbonlik qilish uchun olib kelsin. 24Soʻng qoʻlini takaning boshiga qoʻyib, takani Egamizning huzurida, kuydiriladigan qurbonliklar boʻgʻizlanadigan joyda soʻysin. Bu gunoh qurbonligidir. 25Ruhoniy barmogʻini gunoh qurbonligi qoniga botirib, qonni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga#4:25 qurbongoh shoxlari — qurbongohning tepasidagi toʻrt burchagidan toʻrtta shox boʻrtib chiqqan edi. surtsin. Qonning qolganini esa qurbongohning yoniga toʻksin. 26Soʻng taka yogʻining hammasini tinchlik qurbonligining yogʻini kuydirganday, qurbongoh ustida kuydirsin. Ruhoniy shu tariqa hukmdorni gunohdan poklasin, shunda hukmdorning gunohi kechiriladi.
27Agar jamoa aʼzosi Egamizning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qoʻyib, gunoh orttirib olsa, u aybdor boʻladi. 28Qilgan gunohi fosh boʻlgandan keyin, nuqsonsiz echkini qurbonlik qilish uchun olib kelsin. 29U qoʻlini gunoh qurbonligining boshiga qoʻysin, soʻng uni kuydiriladigan qurbonliklar boʻgʻizlanadigan joyda soʻysin. 30Ruhoniy barmogʻini qurbonlikning qoniga botirib, qonni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga surtsin. Qonning qolganini esa qurbongohning yoniga toʻksin. 31Tinchlik qurbonligining yogʻi ajratib olinganday, echkining yogʻlarini ajratib olsin. Egamizga yoqimli hid borishi uchun yogʻni qurbongoh ustida kuydirsin. Shu tariqa ruhoniy gunoh qilgan odamni gunohidan poklasin, shunda oʻsha odamning gunohi kechiriladi.
32Agar jamoa aʼzosi qoʻyni gunoh qurbonligi qilmoqchi boʻlsa, nuqsonsiz sovliqni olib kelsin. 33U qoʻlini gunoh qurbonligining boshiga qoʻysin, soʻng uni kuydiriladigan qurbonliklar boʻgʻizlanadigan joyda soʻysin. 34Ruhoniy oʻz barmogʻini gunoh qurbonligining qoniga botirib, qonni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga surtsin. Qolgan qonni esa qurbongohning yoniga toʻksin. 35Tinchlik qurbonligi qilingan qoʻyning yogʻi qanday ajratib olinsa, bu qurbonlikning ham yogʻlarini xuddi shunday qilib ajratib olsin. Soʻng bularni qurbongoh ustida, Egamizga keltirilgan nazrlar bilan birga olovda kuydirsin. Shu tariqa ruhoniy gunoh qilgan odamni gunohdan poklasin, shunda uning gunohi kechiriladi.
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Levilar 4: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക
നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: