Levilar 5
5
5–BOB
Bilmasdan qilingan gunohlar
1Quyidagi vaziyatlarda gunoh qurbonligi keltirilishi shart: agar orangizdagi biror kishi guvohlik berish uchun mahkamaga chaqirilsa–yu, koʻrgan yoki bilgan hodisa haqida guvohlik berishdan boʻyin tovlasa, u jazoga tortilsin. 2Birontangiz harom narsaga — yovvoyi hayvonning, chorvaning yoki sudralib yuruvchining murdasiga qoʻl tekkizsangiz–u, harom boʻlganingizni bilmasangiz, siz baribir aybdor hisoblanasiz. 3Bordi–yu, insonning biror nopokligiga qoʻl tekkizsangiz–u, harom boʻlganingizni bilmasangiz, qilib qoʻygan ishingizni anglaganingizdan keyin aybdor hisoblanasiz. 4Agar birortangiz bilmay turib, shoshilganingizdan yaxshi yoki yomon niyatda qasam ichib qoʻysangiz, qilib qoʻygan ishingizni anglaganingizdan keyin aybdor hisoblanasiz. 5Aytilganlarning birortasida oʻzingizni aybdor deb topsangiz, qilgan gunohingizni eʼtirof eting. 6Qilgan gunohingizning toʻlovi sifatida suruvingizdagi qoʻy yoki echkini Egamizga gunoh qurbonligi qilish uchun olib keling. Ruhoniy qurbonlik qilib, sizni gunohdan poklasin.
7Bordi–yu, qoʻyni qurbonlik qilishga qurbingiz yetmasa, gunohingiz toʻlovi sifatida ikkita kaptar yoki ikkita musichani Egamizga olib keling. Qushning bittasi gunoh qurbonligi, ikkinchisi kuydiriladigan qurbonlik qilinsin. 8Qushlarni ruhoniyga olib keling. Ruhoniy qushlardan birini gunoh qurbonligi uchun olib, qushning boʻynini qayirib sindirsin, lekin boshini uzib tashlamasin. 9Soʻng gunoh qurbonligining qonidan qurbongohning yon tomoniga sepsin, qonning qolganini esa qurbongohning yoniga toʻksin. Bu gunoh qurbonligidir. 10Qushning ikkinchisini esa qoidaga binoan kuydiriladigan qurbonlik qilsin. Shu tariqa ruhoniy sizni gunohingizdan poklaydi, qilgan gunohingiz kechiriladi.
11Ikkita kaptar yoki ikkita musichani qurbonlik qilishga qurbingiz yetmasa, qilgan gunohingiz uchun toʻrt kosa#5:11 toʻrt kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan bir qismi, taxminan 2 litrga toʻgʻri keladi. sifatli unni gunoh nazri uchun olib keling. Unga zaytun moyidan qoʻshmang, ustiga xushboʻy tutatqidan ham qoʻymang, zotan, bu gunoh uchun keltiriladigan nazrdir. 12Nazringizni ruhoniyga olib keling. Ruhoniy unning bir hovuchini olib, Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlar bilan birga qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish, unning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. 13Shu tariqa ruhoniy sizni qilgan har qanday gunohingizdan poklaydi, shunda gunohingiz kechiriladi. Gunoh nazrining ortib qolgan qismi don nazri singari, ruhoniyga tegishlidir.
Zararni qoplaydigan qurbonliklar
14Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi: 15agar birortangiz bilmagan holda gunoh qilib, ehsonlarga oid koʻrsatmalarni buzib qoʻysangiz, ayb qurbonligini keltiring. Ayb qurbonligi sifatida Egamizga nuqsonsiz bir qoʻchqorni yoki qoʻchqorning qiymatiga yarasha kumushni olib keling#5:15 …kumushni olib keling — ibroniycha matnda …kumushni olib keling. Kumush Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra oʻlchangan. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi.. Bu ayb qurbonligidir. 16Ehsonlarga keltirgan zararni qoplashingiz uchun ruhoniyga tovon toʻlang. Buning ustiga ehson qiymatining beshdan bir qismini qoʻshib bering. Ruhoniy qoʻchqorni ayb qurbonligi qilib, sizni gunohingizdan poklaydi, shunda gunohingiz kechiriladi.
17Agar birortangiz Egamizning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qoʻyib, gunoh orttirib olsangiz, qilgan ishingizni anglaganingizdan keyin jazoga loyiq hisoblanasiz. 18Bunday holda ruhoniyga ayb qurbonligi sifatida nuqsonsiz bir qoʻchqorni yoki qoʻchqorning qiymatiga yarasha kumushni olib keling. Ruhoniy sizni gunohingizdan poklaydi, shunda bilmasdan qilib qoʻygan gunohingiz kechiriladi. 19Bu ayb qurbonligidir. Siz haqiqatan ham, Egamizning oldida aybli ish qilib qoʻygan edingiz.
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Levilar 5: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക
നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: