Levilar 3

3
3–BOB
Tinchlik qurbonligi
1Agar podangizdagi birorta hayvonni tinchlik qurbonligi qilmoqchi boʻlsangiz, nuqsonsiz sigir yoki buqani Egamiz oldiga olib keling. 2Qoʻlingizni qurbonlikning boshiga qoʻying, soʻng uni Uchrashuv chodirining kiraverishida soʻying. Horunning ruhoniy oʻgʻillari qurbonlikning qonini qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 3Siz tinchlik qurbonligining quyidagi qismlarini olovda kuydirib, Egamizga nazr qiling: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlarni, hamma charvini, 4ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yogʻlarini va jigarning aʼlo qismini#3:4 jigarning aʼlo qismi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi jigarning turtib chiqqan joyi (shu bobning 10, 15–oyatlarida ham bor). Bu oʻrinda nima uchun jigarning aynan shu qismi haqida soʻz ketgani aniq emas. Baʼzi olimlarning fikri boʻyicha, jigarning bu qismi eng aʼlo qism hisoblanib, Egamizga atab kuydirishga loyiq edi. Boshqalarning aytishicha esa, butparast xalqlar jigarning bu qismini fol ochishda ishlatganlari uchun, uni kuydirib yoʻq qilish kerak edi. Boshqa olimlar esa bu oʻrindagi ibroniycha soʻzni “jigarni qoplab turgan parda” deb talqin qilishadi.. Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan boʻlishi lozim. 5Soʻng Horunning oʻgʻillari bularni qurbongohda, yonib turgan oʻtin ustidagi kuydiriladigan qurbonlik bilan birga kuydirsinlar. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
6Agar Egamizga suruvingizdagi hayvonni tinchlik qurbonligi qilmoqchi boʻlsangiz, nuqsonsiz urgʻochi yoki erkak jonivorni olib keling. 7Qoʻyni qurbonlik qilmoqchi boʻlsangiz, uni Egamiz oldiga olib kelib, 8qoʻlingizni qurbonlikning boshiga qoʻying. Soʻng uni Uchrashuv chodiri oldida soʻying. Horunning oʻgʻillari qurbonlikning qonini qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 9Siz tinchlik qurbonligining quyidagi qismlarini olovda kuydirib, Egamizga nazr qiling: dumgʻazadan boshlab kesib olingan dumbasini, ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlarni, hamma charvini, 10ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yogʻlarini va jigarning aʼlo qismini. Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan boʻlishi lozim. 11Ruhoniy bularni taom nazri sifatida qurbongoh ustida kuydirsin. Egamizga keltirilib, olovda kuydiriladigan qurbonlik shudir.
12Agar Egamizga echkini qurbonlik qilmoqchi boʻlsangiz, uni Egamizning oldiga olib keling. 13Qoʻlingizni echkining boshiga qoʻyib, uni Uchrashuv chodiri oldida soʻying. Soʻng Horunning oʻgʻillari echkining qonini qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 14Siz qurbonlikning quyidagi qismlarini olovda kuydirib Egamizga nazr qiling: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlarni, hamma charvini, 15ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yogʻlarini va jigarning aʼlo qismini. Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan boʻlishi lozim. 16Soʻng ruhoniy bularning hammasini taom nazri sifatida qurbongoh ustida kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
Yogʻning hammasi Egamizga tegishlidir. 17Yogʻ va qonni tanovul qilmang. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, butun avlodingiz bu qonunga doimo rioya qilsin.

നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:

Levilar 3: O‘zbMK

ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക

പങ്ക് വെക്കു

പകർത്തുക

None

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക