1
Matto 7:7
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Soʻrang, sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi.
താരതമ്യം
Matto 7:7 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
2
Matto 7:8
Chunki soʻragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi.
Matto 7:8 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
3
Matto 7:24
Kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilsa, uyini tosh ustiga qurgan dono odamga oʻxshaydi.
Matto 7:24 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
4
Matto 7:12
Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga oʻshani qilinglar. Tavrot va paygʻambarlar taʼlimotining magʻzi shundadir.
Matto 7:12 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
5
Matto 7:14
Hayotga olib boradigan eshik esa juda tor, yoʻli ensizdir. Bu yoʻlni topadiganlar oz.
Matto 7:14 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
6
Matto 7:13
Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga olib boradigan darvoza enli, yoʻli ham kengdir. Bu yoʻldan yurayotganlar koʻp.
Matto 7:13 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
7
Matto 7:11
Sizlar gunohkor boʻla turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Otangiz ham Undan soʻraganlarga aʼlo neʼmatlar berishga qanchalar tayyor!
Matto 7:11 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
8
Matto 7:1-2
Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi. Sizlar boshqalarni qanday hukm qilsangizlar, Xudo ham sizlarni xuddi shunday hukm qiladi. Sizlar boshqalarni hukm qilganda qanday oʻlchovdan foydalansangizlar, Xudo ham sizni hukm qilganda xuddi oʻshanday oʻlchovdan foydalanadi.
Matto 7:1-2 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
9
Matto 7:26
Biroq kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilmasa, oʻz uyini qum ustiga qurgan ahmoq odamga oʻxshaydi.
Matto 7:26 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
10
Matto 7:3-4
Nega sen birodaringning koʻzidagi zirapchani koʻrasan–u, oʻz koʻzingdagi xodani sezmaysan? Oʻz koʻzingda xoda boʻla turib, qanday qilib birodaringga: «Kel, koʻzingdagi zirapchani olib tashlay», deb aytasan?
Matto 7:3-4 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
11
Matto 7:15-16
Soxta paygʻambarlardan ehtiyot boʻlinglar! Ular sizning oldingizga qoʻy poʻstinida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich boʻrilardir. Ularning kimligini qilgan ishlaridan bilib olasiz. Axir, tikanzordan uzumni, yantoqdan anjirni terib boʻlmaydi–ku!
Matto 7:15-16 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
12
Matto 7:17
Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi.
Matto 7:17 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
13
Matto 7:18
Yaxshi daraxt yomon meva berolmaydi, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmaydi.
Matto 7:18 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
14
Matto 7:19
Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi.
Matto 7:19 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
ആദ്യത്തെ സ്ക്രീൻ
വേദപുസ്തകം
പദ്ധതികൾ
വീഡിയോകൾ