Havoriylar 27

27
27–BOB
Pavlusning dengiz orqali Rimga safari
1Bizni#27:1 Biz — 16:10 izohiga qarang. dengiz orqali Italiyaga#27:1 …Italiyaga… — Pavlusning Rimga olib ketilishi (“Xaritalar” boʻlimiga qarang). Pavlusning Rimga yetib borgani haqida 28:16 da yozilgan. joʻnatishga qaror qildilar. Shundan keyin ular Pavlusni va boshqa baʼzi mahbuslarni Imperiya qoʻshinidagi Yuliyus degan Rim yuzboshisiga topshirdilar. 2Hammamiz Adramittion shahridan kelgan kemaga oʻtirdik. Kema Asiya viloyatining bandargohlariga#27:2 bandargoh — kemalar toʻxtaydigan joy, port. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang. endi joʻnamoqchi boʻlib turgan ekan. Biz yoʻlga tushdik. Salonikadan kelgan Makedoniyalik Aristarxus degan odam bizga hamroh boʻldi. 3Ertasi kuni biz Sidon shahriga yetib keldik. Yuliyus Pavlusga yaxshi munosabatda boʻldi, shuning uchun doʻstlari oldiga borishga va kerakli narsalarni olishga ijozat berdi. 4Biz u yerdan joʻnab ketdik. Shamol bizga qarshi tomondan esayotgani uchun Kipr orolini panalab suzib oʻtdik. 5Soʻng Kilikiya va Pamfiliya viloyatlarining janub tomonidan suzib, Likiya viloyatidagi Mura shahriga keldik. 6Yuzboshi u yerda Iskandariyadan Italiyaga suzib ketadigan kemani topdi va bizni unga oʻtqazdi. 7Biz bir necha kun sekin suzib, nihoyat qiyinchiliklar bilan Knidus shahriga yetib keldik. Shamol bizga qarshi esayotgani uchun Salmona yarim orolining yonidan oʻtib, Krit orolini panalab suza boshladik. 8Orolning qirgʻogʻi boʻylab mashaqqatlar bilan Goʻzal bandargohlar degan joyga yetib keldik. Bu joy Laseya shahri yaqinida joylashgan.
9Biz ancha vaqt oʻsha yerda qoldik. Hatto Poklanish kuni#27:9 Poklanish kuni — yahudiylarning bu bayrami sentabrning oxirida nishonlangan (Levilar 16:29-34 ga qarang). Ob–havo faslga qarab oʻzgarib turgani sababli, sentabr oyining oʻrtasidan keyin, Oʻrta yer dengiziga kemada chiqish xavfli edi. Odatda noyabr oyining oʻrtalaridan boshlab, to mart oyining oʻrtalarigacha bu dengizda hech qanday kema yurmas edi. ham oʻtdi, suzish xavfli boʻlib qoldi. Pavlus kemachilarga maslahat berdi:
10— Doʻstlar! Koʻrib turibman, bu yerdan suzib ketadigan boʻlsak, nafaqat yukimiz va kemamiz, balki jonimiz ham xavf ostida qoladi, ogʻir halokatga uchraymiz.
11Lekin yuzboshi Pavlusning maslahatiga quloq solmay, kema dargʻasi va kema egasining gapiga kirdi. 12Qishni oʻtkazish uchun bandargoh yaxshi sharoitga ega emas edi. Shuning uchun deyarli hamma u yerdan dengizga chiqishga, qanday qilib boʻlsa ham Finiksga yetib olib, qishni oʻsha yerda oʻtkazishga rozi edi. Finiks Krit orolidagi bandargoh boʻlib, qattiq qish shamollaridan panada edi#27:12 …qattiq qish shamollaridan panada edi — yunoncha matnda …janubi–gʻarb va shimoli–gʻarbga qaratilgan edi..
Dengizdagi boʻron
13Janubdan mayin shabada esa boshlaganda, ular: “Niyatimiz amalga oshadigan boʻldi”, deb oʻyladilar. Shuning uchun ular langarni koʻtarib, Krit oroli boʻylab, qirgʻoqqa yaqin suza boshladilar. 14Ammo koʻp oʻtmay orol tomondan nihoyatda kuchli boʻron koʻtarildi. Bu “Shimoli–sharq” boʻroni deb aytilardi. 15Boʻron kemaga shunday urildiki, natijada kema shamolga qarshi suzolmay qoldi. Shundan keyin oʻzimizni toʻlqinlarga topshirib, shamol yoʻnalishi boʻylab suzib ketdik. 16Biz Kavda#27:16 Kavda — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Klavda. degan orolchani panalab oʻtdik. Kemaning qayiqchasini zoʻrgʻa ushlab qoldik. 17Dengizchilar qayiqni yuqoriga koʻtarib oldilar. Keyin esa kema parchalanib ketmasin deb, uni ostidan arqonlar bilan mahkam bogʻladilar. Ular: “Surtis#27:17 Surtis — Sidra deb atalgan koʻrfaz, hozirgi Liviya mamlakatining hududiga kiradi. Koʻrfazning sayoz joylari va koʻchib turadigan qumlari boʻlgani bois, bu yer dengizchilar uchun juda xavfli edi. Qadimgi paytlarda bu joy “dengizchilarning qabristoni” deb nom olgan edi. atroflarida qumga oʻtirib qolmasak edi”, deb qoʻrqib, tezlikni kamaytiradigan langarni#27:17 tezlikni kamaytiradigan langar — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz kemaning orqasidan sudraladigan langarga ishora qilishi mumkin. Ehtimol, bu langar odatdagi langardan farqli ravishda konus shaklidagi katta, maxsus bir mato boʻlib, kemaning orqasidan suvga tashlangan boʻlishi mumkin. Suvga toʻlgan mato kemaning tezligini sekinlashtirardi. Boʻron kemani Surtisga olib ketmasligi uchun, dengizchilar shu langardan foydalanganlar. tushirdilar va kemani shamol yoʻnalishiga qoʻyib berdilar. 18Quturgan boʻron davom etardi. Ertasi kuni ular kemadan yuklarni uloqtira boshladilar. 19Uchinchi kuni esa oʻz qoʻllari bilan kemaning asbob–uskunalarini dengizga otdilar. 20Bir necha kun biz na quyoshni, na yulduzlarni koʻrdik. Boʻron quturgani sari, qutulishimizga boʻlgan umid soʻnib borardi.
21Hech kim uzoq vaqt biron narsa tanovul qilmadi. Shunda Pavlus ularning oʻrtasiga chiqib, shunday dedi:
— Doʻstlar! Agar mening gaplarimga quloq solib, Kiprdan ketmaganlaringizda edi, biz mana shu zararga va ogʻir halokatlarga duchor boʻlmasdik. 22Endi sizlarga maslahatim shu: dadil boʻlinglar! Oramizdan hech kim nobud boʻlmaydi, faqat kemadan mahrum boʻlamiz, xolos. 23Men mansub boʻlgan va men sajda qiladigan Xudoyim oʻtgan kuni oldimga Oʻz farishtasini yubordi. 24Farishta menga shunday dedi: “Qoʻrqma, Pavlus, sen Qaysar#27:24 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. huzurida boʻlishing kerak. Sen bilan birga kemada suzib ketayotganlarga Xudo hayot bagʻishladi.” 25Shuning uchun, doʻstlar, dadil boʻlinglar, chunki Xudoga ishonaman: hammasi menga aytilganiday boʻladi. 26Biz biron orolga albatta tushamiz.
27Oʻn toʻrtinchi kuni kechasi biz Oʻrta yer dengizida#27:27 Oʻrta yer dengizi — yunoncha matnda Adriyas dengizi, bu Krit va Malta orollari orasidagi Oʻrta yer dengizining hududiga ishora qiladi. shamol yoʻnalishi boʻylab suzayotgan edik. Taxminan tun yarmida dengizchilar quruqlikka yaqinlashib qolganimizni payqab qoldilar. 28Ular chuqurlikni oʻlchagan edilar, 20 quloch chiqdi. Bir oz nariroqni oʻlchagan edilar, 15 quloch#27:28 …20 quloch…15 quloch… — taxminan 37 metrga va 27 metrga toʻgʻri keladi. chiqdi. 29Ular: “Kema qoyalarga borib uriladi”, deb qoʻrqib ketganlari uchun kemaning ortidan toʻrtta langarni tushirdilar va tezroq tong otsin, deb Xudoga astoydil iltijo qildilar. 30Shu orada dengizchilarning baʼzilari kemadan qochib chiqishga urindilar. Ular qayiqni suvga tushirib, oʻzlarini xuddi kemaning old tomonidan langar tushirmoqchi boʻlganday koʻrsatdilar. 31Pavlus yuzboshi bilan askarlarga shunday dedi:
— Bu odamlar kemada qolmas ekanlar, bilib qoʻyinglar, sizlar ham oʻzlaringizni qutqara olmaysizlar.
32Askarlar qayiq bogʻlangan arqonni kesdilar va qayiqni suvga tushirib yubordilar. 33Tong otishi bilan, Pavlus ulardan tamaddi qilib olishlarini iltimos qildi:
— Bugun oʻn toʻrt kundirki, sizlar xavotirlikda boʻlib, hech narsa yemadingizlar. 34Yolvoraman: bir oz tamaddi qilib olinglar, bu tirik qolishingiz uchun kerak. Boshingizdan biron tola soch ham tushmaydi.
35Pavlus shu soʻzlarni aytib boʻlgach, nonni oldi va hammaning koʻz oʻngida Xudoga shukrona aytdi. Soʻngra nonni sindirib, yeya boshladi. 36Boshqalar ham dadillanib, ovqatlana boshladilar. 37Kemada jami 276 kishi bor edi. 38Ular toʻyib olgach, bugʻdoyning hammasini dengizga tashlab, kemani yengillashtirdilar.
Kema halokatga uchraydi
39Tong otganda, dengizchilar qirgʻoqni taniy olmadilar. Ammo qirgʻoqdagi qumli qoʻltiqni payqadilar. Agar imkoni boʻlsa, kemani oʻsha yerda qirgʻoqqa toʻxtatamiz, deb qaror qildilar. 40Soʻng langarlarni kesib, dengizga tushirib yubordilar. Ayni paytda eshkaklarni mahkam bogʻlab turgan arqonlarni yechdilar. Shundan keyin oldingi yelkanni shamolga qaratib, qirgʻoqqa suzib ketdilar. 41Lekin kema sayoz joyga urilib, qumga oʻtirib qoldi. Oqibatda kemaning old qismi qumga tiqilib, qimirlamay qoldi. Kemaning orqa qismi esa toʻlqinlar shiddatidan parcha–parcha boʻlib ketdi.
42Shunda askarlar: “Mahbuslar suzib, qutulib ketmasin”, deya ularni oʻldirmoqchi boʻldilar. 43Ammo yuzboshi Pavlusni qutqarmoqchi boʻlib, askarlarni bu niyatlaridan qaytardi. Ularga shunday buyruq berdi: “Suzishni biladiganlar birinchi boʻlib kemadan sakrasin va qirgʻoqqa suzib borsin, 44qolganlar esa taxtalarni yoki kemaning biron siniq boʻlagini olib, ularning ortidan ergashsinlar.” Shu yoʻsin hammalari eson–omon qirgʻoqqa yetib oldilar.

Currently Selected:

Havoriylar 27: O‘zbMK

ማድመቅ

ያጋሩ

ኮፒ

None

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ