Chiqish 37
37
37–BOB
Ahd sandigʻi va uning qopqogʻi yasaladi
1Bazalilning koʻrsatmasi bilan akas yogʻochidan#37:1 akas yogʻochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang. Sandiq#37:1 Sandiq — lugʻatdagi AHD SANDIGʻI iborasiga ishlangan rasmga qarang. yasadilar. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, boʻyi bir yarim tirsak#37:1 …uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, boʻyi bir yarim tirsak… — uzunligi taxminan 110 santimetrga, eni va boʻyi taxminan 70 santimetrga toʻgʻri keladi. edi. 2Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplab, aylanasi boʻylab oltin gulchambar qildilar. 3Sandiq uchun eritilgan oltindan toʻrtta halqa yasab, toʻrtala oyogʻiga mahkamladilar: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida edi. 4Keyin akas yogʻochidan xodalar yasab, xodalarni oltin bilan qopladilar. 5Sandiqning ikkala tomonidagi halqadan Sandiqni koʻtarib yurish uchun xodalarni oʻtkazdilar. 6Toza oltindan Sandiqning qopqogʻini yasadilar. Qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak#37:6 …uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak… — shu bobning 1–oyatiga berilgan oxirgi izohga qarang. edi. 7-8Shu bilan birga, oltindan zarb urib ikkita karub yasadilar#37:7-8 …oltindan zarb urib ikkita karub yasadilar — oltin karublar ichi boʻsh qilib yasalgan boʻlishi mumkin, ammo butunlay oltindan yasalgani ham ehtimoldan xoli emas.. Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida boʻlib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qildi. 9Karublarning tepaga koʻtarilgan qanotlari qopqoqni berkitib turardi. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan edi.
Muqaddas nonlar uchun xontaxta yasaladi
10-11Akas yogʻochidan xontaxta#37:10-11 xontaxta — lugʻatdagi OLTIN XONTAXTA iborasiga ishlangan rasmga qarang. yasadilar. Uni toza oltin bilan qopladilar. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, boʻyi bir yarim tirsak#37:10-11 …uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, boʻyi bir yarim tirsak… — uzunligi taxminan 90 santimetrga, eni taxminan 45 santimetrga, boʻyi taxminan 70 santimetrga toʻgʻri keladi. edi. Xontaxtaning chetlariga aylantirib oltin gulchambar qildilar. 12Yana xontaxtaning aylanasi boʻylab toʻrt enli rom oʻrnatdilar. Bu romni naqshli hoshiya qilib bezatdilar. Uni xontaxtaning oyoqlariga mahkamladilar. 13-15Yana eritilgan oltindan toʻrtta halqa yasab, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — toʻrtala burchagidagi toʻrtala oyogʻiga oʻrnashtirdilar. Akas yogʻochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan oʻtkazib, xontaxtani koʻtarib yurish uchun foydalanilar edi. 16Xontaxtaga qoʻyiladigan buyumlarni — lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun kosa va koʻzalarni toza oltindan yasadilar.
Chiroqpoya yasaladi
17Sof oltindan zarb urib chiroqpoya#37:17 chiroqpoya — lugʻatdagi CHIROQPOYA soʻziga ishlangan rasmga qarang. yasadilar. Butun chiroqpoyani va uning bezaklarini bir butun qilib yasadilar. Chiroqpoyaning tagligi, poyasi va kurtakli gulga oʻxshash shakldagi piyolalari bor edi. 18Yana chiroqpoyaning poyasidan oltita shoxcha chiqarildi: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarildi. 19Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga oʻxshash shakldagi uchta piyola bor edi. 20Chiroqpoyaning poyasida kurtakli bodom guliga oʻxshash shakldagi toʻrtta piyola bor edi. 21Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib turardi. 22Chiroqpoyani shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib, toza oltinning yaxlit boʻlagidan zarb urib yasadilar. 23Chiroqpoya uchun yettita moychiroq yasadilar. Moychiroqlarga qarab turishda foydalangani toza oltindan qisqichlar va patnislar yasadilar. 24Chiroqpoya bilan uning hamma buyumlarini ikki pud#37:24 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga toʻgʻri keladi. toza oltindan yasadilar.
Tutatqi qurbongohi yasaladi
25Akas yogʻochidan tutatqi qurbongohi#37:25 tutatqi qurbongohi — lugʻatdagi QURBONGOH soʻzi ostida berilgan TUTATQI QURBONGOHI iborasiga ishlangan rasmga qarang. yasadilar. Qurbongoh toʻrtburchak boʻlib, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, boʻyi esa ikki tirsak#37:25 …uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, boʻyi esa ikki tirsak… — uzunligi va eni taxminan 45 santimetrga, boʻyi taxminan 90 santimetrga toʻgʻri keladi. edi. Qurbongohning toʻrtala burchagiga oʻzidan yoʻnib chiqarilgan bittadan shox yasadilar. 26Qurbongohning ustini, yon–atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qopladilar, aylanasi boʻylab oltindan gulchambar yasadilar. 27-28Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa oʻrnashtirdilar. Akas yogʻochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan oʻtkazib, qurbongohni koʻtarib yurish uchun foydalanilar edi.
Muqaddas qiladigan moy va xushboʻy tutatqi tayyorlanadi
29Usta odam muqaddas qiladigan moy#37:29 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang. va toza, xushboʻy tutatqi tayyorladi.
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Chiqish 37: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക
നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020