Chiqish 36
36
36–BOB
1Bazalil, Oxoliyov va boshqa hamma iqtidorli ustalar Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarsinlar. Muqaddas chodir yasashda talab qilingan har qanday xizmatni bajarishlari uchun Egamiz ularga mahorat va qobiliyat ato qilgan.”
2Muso Bazalilni, Oxoliyovni va Egamiz qobiliyat ato qilgan hamma iqtidorli ustalarni, yuragi zavqqa toʻlgan odamlarni chaqirdi.
3Muqaddas chodirni yasash uchun Isroil xalqi olib kelgan hamma nazrlarni Muso ustalarga berdi. Bulardan tashqari, xalq har kuni ertalab Musoga koʻngildan chiqarib nazrlar olib kelishardi. 4Ishlarni bajarayotgan hamma ustalar yumushlarini tashlab, 5Musoning oldiga kelib aytishdi:
— Egamiz bizga amr etgan ishlar uchun xalq keragidan ortiq olib kelyapti.
6Shunda Muso: “Bironta erkak, ayol endi Muqaddas chodir uchun nazr olib kelmasin”, deb buyruq berdi. Uning buyrugʻi qarorgoh boʻylab eʼlon qilindi. Shundan keyin xalq nazr olib kelishni toʻxtatdi. 7Xalqning olib kelgan nazrlari ishning hammasini bajarishga yetib, hatto ortib ham qolar edi.
Muqaddas chodir yasaladi
8Ishlayotganlar orasidagi eng mohir odamlar Muqaddas chodirni#36:8 Muqaddas chodir — Muqaddas chodirning rasmi lugʻatdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” boʻlimida berilgan. yasadilar:
Chodirning ichki qavati
Mohir tikuvchilar Bazalilning koʻrsatmasi bilan Chodirning ichki qavatini qildilar. U mayin zigʻir matosidan tikilgan oʻnta choyshabdan iborat boʻldi. Koʻk, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan solib, bu choyshablarni bezatdilar. 9Har bir choyshabning boʻyi yigirma sakkiz tirsak, eni toʻrt tirsak#36:9 …boʻyi yigirma sakkiz tirsak, eni toʻrt tirsak… — boʻyi taxminan 12,6 metrga, eni taxminan 1,8 metrga toʻgʻri keladi. edi. Hamma choyshablarning oʻlchovi bir xil edi. 10Ular choyshablardan beshtasining boʻyini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan beshtasini ham shunday qildilar. 11-12Hosil boʻlgan ikki uzun boʻlak choyshabning boʻyiga koʻk matodan elliktadan halqa tikdilar. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir–biriga roʻparama–roʻpara edi. 13Keyin oltindan ellikta ilgak yasadilar, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga uladilar. Shunda Chodirning ichki qavati bir butun boʻldi#36:13 …Chodirning ichki qavati bir butun boʻldi — 26:6 izohiga qarang..
Chodirning tashqi qoplamalari
14Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan oʻn bitta choyshab tikdilar. 15Har bitta choyshabning boʻyi oʻttiz tirsak, eni toʻrt tirsak#36:15 …boʻyi oʻttiz tirsak, eni toʻrt tirsak… — boʻyi taxminan 13,5 metrga, eni taxminan 1,8 metrga toʻgʻri keladi. edi. Oʻn bitta choyshabning hammasi bir oʻlchovda edi. 16Choyshablardan beshtasining boʻyini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan oltitasini ham shunday qildilar. 17Ulangan ikki boʻlak choyshabning bir boʻyiga elliktadan halqa tikdilar. 18Keyin, Chodirning qoplamasi bir butun boʻlsin#36:18 …Chodirning qoplamasi bir butun boʻlsin… — 26:9-11 izohiga qarang. deb, ikkala choyshabni birlashtirish uchun bronzadan ellikta ilgak yasadilar. 19Bu qoplama ustiga qoʻyish uchun qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisidan qoplama, soʻng yumshoq teridan#36:19 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang. tashqi qoplama qildilar.
Chodirni tutib turadigan rom
20Akas yogʻochidan#36:20 Akas yogʻochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang. Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar#36:20 romlar — lugʻatdagi ROMLAR soʻziga ishlangan rasmga qarang. yasadilar. 21Har bir romning boʻyi oʻn tirsak, eni bir yarim tirsak#36:21 …boʻyi oʻn tirsak, eni bir yarim tirsak… — boʻyi taxminan 4,5 metrga, eni taxminan 70 santimetrga toʻgʻri keladi. edi. 22Har bir romning ostida bir–biriga parallel boʻlgan ikkita tirgak yasadilar. 23Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasadilar. 24Bu romlar ostiga qoʻyish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildilar, har bir tirgak ostida bitta taglik boʻldi. 25Chodirning shimol tomonidagi devori uchun yigirmata rom yasadilar. 26Har bir rom ostiga qoʻyish uchun ikkitadan, jami qirqta kumush taglik yasadilar. 27Chodirning orqadagi — gʻarb tomonidagi devor uchun oltita rom, 28Chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasadilar. 29Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtirdilar. Bitta burchak hosil qilishi uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtirdilar. Har ikkala burchak shu yoʻl bilan hosil qilindi. 30Shunday qilib, oʻn oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor qilindi, har bir rom ostiga qoʻyish uchun ikkitadan taglik yasaldi.
31Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yogʻochidan beshta tamba, 32shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — gʻarb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasadilar. 33Romlarning yarmigacha oʻrnashtirilgan oʻrtadagi tambalar Chodirning boshidan oxirigacha choʻzildi. 34Romlarni oltin bilan qopladilar, tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtirdilar#36:34 …tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtirdilar… — 26:29 izohiga qarang., tambalarni ham oltin bilan qopladilar.
Chodirning ichki pardasi
35Mayin zigʻir matosidan ichki pardani#36:35 ichki parda — Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turar edi (26:31-33 ga qarang). tikdilar. Pardaga koʻk, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan solib, uni bezatdilar. 36Ichki parda ushlab turilishi uchun akas yogʻochidan toʻrtta ustun yasadilar. Ustunlarga oltin qoplab, ularga oltin ilgaklarni mahkamladilar. Ustunlar uchun eritilgan kumushdan toʻrtta taglik yasadilar.
Chodirning kirishidagi parda
37Chodirga kirish joyi uchun mayin zigʻir matosidan pardani tikdilar. Parda ustiga koʻk, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan naqsh soldilar. 38Bu parda ushlab turilishi uchun beshta ustun yasadilar. Ustunlarning tepasini va halqalarini oltin bilan qopladilar. Ustunlarning beshta tagligini esa bronzadan qildilar.
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Chiqish 36: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020