Havoriylar 6
6
6–BOB
Xizmatga tanlangan yetti kishi
1Shu vaqt davomida shogirdlarning soni ortib boraverdi. Ammo shu paytda yunonzabon va oramiyzabon#6:1 oramiyzabon — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz ibroniy tilini yoki oramiy tilini bildirishi mumkin. Oʻsha paytda qadimgi Falastinda yashagan yahudiylar odatda oramiy tilida gaplashar edilar. yahudiy imonlilar orasida ziddiyat paydo boʻldi. Yunonzabon yahudiylar: “Kundalik oziq–ovqat taqsimlanganda, yunonzabon bevalar eʼtibordan chetda qolyaptilar”, deb eʼtiroz bildirdilar. 2Oʻn ikki havoriy jamiki shogirdlarni yigʻib, ularga shunday dedilar:
— Biz Xudoning kalomini vaʼz qilishni bir chetda qoldirib, ozuqa tarqatish bilan ovora boʻlishimiz notoʻgʻri. 3Birodarlar, orangizdan yetti kishini tanlanglar. Ular obroʻ–eʼtiborga ega, Muqaddas Ruhga va donolikka toʻlib–toshgan boʻlsin. Ularni bu xizmatga tayin etaylik. 4Biz esa oʻzimizni ibodatga va Xudo kalomining xizmatiga bagʻishlaylik.
5Ularning gapi butun jamoaga maʼqul boʻldi. Jamoa imonga va Muqaddas Ruhga toʻla Stefanni, shuningdek, Filip, Proxorus, Nikanor, Timon, Parmenas va ilgari yahudiy diniga kirgan#6:5 …yahudiy diniga kirgan… — 2:10 izohiga qarang. Antioxiyalik Nikolasni tanladilar. 6Ular bu odamlarni havoriylarning oldiga turgʻizib qoʻydilar. Havoriylar ularga qoʻllarini qoʻyib, ibodat qildilar.
7Shunday qilib, Xudoning soʻzi yoyilib boraverdi. Shogirdlar soni Quddusda koʻpaydi. Ruhoniylarning koʻpchiligi imonga keldilar.
Stefan hibsga olinadi
8Stefan Xudoning marhamatiga va ilohiy qudratga toʻlgan edi#6:8 Stefan Xudoning marhamatiga va ilohiy qudratga toʻlgan edi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Stefan imoni komil va ilohiy qudratga toʻlgan edi.. U xalq orasida ajoyib moʻjizalar va alomatlar koʻrsatdi. 9Ammo “Ozod qilingan qullar” degan sinagoga aʼzolarining baʼzilari — Kirineyaliklar, Iskandariyaliklar, shuningdek, Kilikiya va Asiyaliklar Stefan bilan bahslasha boshladilar. 10Muqaddas Ruh Stefanga koʻp donolik berdi, shuning uchun ular Stefanning gaplarini inkor qila olmadilar. 11Shundan keyin sinagoga aʼzolari baʼzi odamlarni gijgijlab: “Stefan Musoga va Xudoga qarshi kufr soʻzlar aytganini eshitdik”, deb aytishga koʻndirdilar. 12Shu yoʻl bilan ular xalqni, yoʻlboshchilarni, Tavrot tafsirchilarini qayradilar. Ular Stefanni ushlab, Oliy kengashga olib keldilar. 13Shunda ular soxta guvohlarni yolladilar. Soxta guvohlar shunday dedilar: “Bu odam mana shu muqaddas Maʼbadga va qonunga qarshi gaplar aytishdan toʻxtamayapti. 14Uning aytishicha, Nosiralik Iso Maʼbadni qulatar emish, Muso bizlarga bergan urf–odatlarni oʻzgartirar emish.” 15Oliy kengashda oʻtirganlar Stefanga tikilib qaradilar, uning yuzi xuddi farishtaning yuziga oʻxshash ekanini koʻrdilar.
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Havoriylar 6: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020