1
Mark 2:17
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Iso buni eshitib, shunday javob berdi: — Men solihlarni emas, gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman. Axir, sogʻlar emas, xastalar tabibga muhtojdir.
താരതമ്യം
Mark 2:17 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
2
Mark 2:5
Iso ularning ishonchini koʻrib, sholga: — Oʻgʻlim, gunohlaring kechirildi, — dedi.
Mark 2:5 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
3
Mark 2:27
Keyin Iso davom etdi: — Inson Shabbat kuni uchun emas, balki Shabbat kuni inson uchun yaratilgan.
Mark 2:27 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
4
Mark 2:4
Olomon koʻpligidan ular sholni Isoning oldiga olib bora olmay, uyning tomidan teshik ochdilar. Sholni toʻshagi bilan Isoning oldiga tushirdilar.
Mark 2:4 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
5
Mark 2:10-11
Inson Oʻgʻliga yer yuzida gunohlarni kechirish hokimiyati berilgan. Hozir shuni bilib olasizlar. U shunday dedi–yu, sholga: — Senga aytaman: oʻrningdan tur! Toʻshagingni olib, uyingga bor! — deb buyurdi.
Mark 2:10-11 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
6
Mark 2:9
Qaysi biri osonroq? Sholga: “Gunohlaring kechirildi”, deb aytishmi yoki: “Oʻrningdan tur, toʻshagingni olgin–da, yur!” deb aytishmi?
Mark 2:9 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
7
Mark 2:12
Shol odam oʻrnidan turdi, darhol toʻshagini olib, hammaning koʻzi oldida chiqib ketdi. Hamma hayratga tushib: “Bunaqasini hech qachon koʻrmagan edik”, deb Xudoni ulugʻlar edilar.
Mark 2:12 പര്യവേക്ഷണം ചെയ്യുക
ആദ്യത്തെ സ്ക്രീൻ
വേദപുസ്തകം
പദ്ധതികൾ
വീഡിയോകൾ