1
Yuhanno 7:38
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Shunda Muqaddas bitiklarda aytilganidek, Menga ishongan odamning ichidan hayotbaxsh suv daryo boʻlib oqib chiqadi.
ႏွိုင္းယွဥ္
Yuhanno 7:38ရွာေဖြေလ့လာလိုက္ပါ။
2
Yuhanno 7:37
Chayla bayramining oxirgi, ulugʻ kunida Iso turib, baland ovozda xitob qildi: — Kim chanqagan boʻlsa, Mening oldimga kelib ichsin.
Yuhanno 7:37ရွာေဖြေလ့လာလိုက္ပါ။
3
Yuhanno 7:39
Iso shunday deganda, Muqaddas Ruhni nazarda tutgan edi. Unga ishonganlar Ruhni qabul qilib olishlari kerak edi. Lekin Ruh hanuz berilmagan edi, chunki Iso hali ulugʻlanmagan edi.
Yuhanno 7:39ရွာေဖြေလ့လာလိုက္ပါ။
4
Yuhanno 7:24
Yuzaki hukm qilmanglar, hukmingiz adolatli boʻlsin.
Yuhanno 7:24ရွာေဖြေလ့လာလိုက္ပါ။
5
Yuhanno 7:18
Kim oʻz nomidan gapirsa, oʻziga shuhrat izlaydi. Kim uni yuborganga shuhrat izlasa, haqiqatni soʻzlaydi, uning dilida hiyla boʻlmaydi.
Yuhanno 7:18ရွာေဖြေလ့လာလိုက္ပါ။
6
Yuhanno 7:16
Iso ularga javoban dedi: — Men oʻrgatayotgan taʼlimot Oʻzimniki emas, balki Meni Yuborgannikidir.
Yuhanno 7:16ရွာေဖြေလ့လာလိုက္ပါ။
7
Yuhanno 7:7
Dunyo sizlardan nafratlana olmaydi, lekin Mendan nafratlanadi. Chunki Men uning qilmishlari yomon ekanligini yuziga solaman.
Yuhanno 7:7ရွာေဖြေလ့လာလိုက္ပါ။
ပင္မစာမ်က္ႏွာ
သမၼာက်မ္းစာ
အစီအစဥ္မ်ား
ဗီဒီယိုမ်ား