Sahroda 2

2
2–BOB
Isroil qabilalarining qarorgohdagi joylashuv tartibi
1Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi: 2“Isroil xalqining har bir qabilasi chodirlarini oʻz qarorgohida, oʻz xonadoni bayroqlari ostida joylashtirsin. Ular chodirlarini Uchrashuv chodirining aylanasiga, undan maʼlum bir masofada tikishsin.
Sharqiy qarorgoh
3Uchrashuv chodirining sharq tomonida chodir tikadigan qabilalar Yahudo qarorgohida guruh–guruh boʻlib joylashsin. Yahudo qabilasining yoʻlboshchisi Ominadav oʻgʻli Naxshoʻndir. 4Uning sanoqqa kirgan sipohlari 74.600 tadir.
5Undan keyin Issaxor qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Issaxor qabilasining yoʻlboshchisi Zuvor oʻgʻli Natanildir. 6Uning sanoqqa kirgan sipohi 54.400 tadir.
7Undan keyin esa Zabulun qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Zabulun qabilasining yoʻlboshchisi Xalon oʻgʻli Eliyobdir. 8Uning sanoqqa kirgan sipohi 57.400 tadir.
9Yahudo qarorgohidagi sanoqqa kirgan sipohlarning hammasi 186.400 tadir. Birinchi boʻlib ular yoʻlga chiqishsin.
Janubiy qarorgoh
10Uchrashuv chodirining janub tomonida chodir tikadigan qabilalar Ruben qarorgohida guruh–guruh boʻlib joylashsinlar. Ruben qabilasining yoʻlboshchisi Shaduvor oʻgʻli Elizurdir. 11Uning sanoqqa kirgan sipohlari 46.500 tadir.
12Uning yonida Shimoʻn qabilasi chodirlarini oʻrnashtirsin. Shimoʻn qabilasining yoʻlboshchisi Zurishaday oʻgʻli Shalumiyoldir. 13Uning sanoqqa kirgan sipohi 59.300 tadir.
14Keyin Gad qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Gad qabilasining yoʻlboshchisi Duvel#2:14 Duvel — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ruvel. Uning Duvel degan shakli 1:14 dan olingan (yana 7:42, 47, 10:20 ga qarang). oʻgʻli Eliasafdir. 15Uning sanoqqa kirgan sipohi 45.650 tadir.
16Ruben qarorgohidagi hisobga kirgan sipohlarning hammasi 151.450 tadir. Ikkinchi boʻlib ular yoʻlga chiqishsin.
Qarorgohlarning markazi
17Dastlabki ikkita qarorgoh va keyingi ikkita qarorgoh oʻrtasida levilar Uchrashuv chodiri bilan birga yoʻlga chiqishsin. Qabilalar qay tartibda qarorgohda joylashgan boʻlsa, yana oʻsha tartibda yoʻlga chiqishlari lozim. Har biri oʻz oʻrnida, oʻz qarorgohi safida borsin.
Gʻarbiy qarorgoh
18Uchrashuv chodirining gʻarb tomonida chodir tikadigan qabilalar Efrayim qarorgohida guruh–guruh boʻlib joylashsinlar. Efrayim qabilasining yoʻlboshchisi Omihud oʻgʻli Elishamadir. 19Uning sanoqqa kirgan sipohi 40.500 tadir.
20Undan keyin Manashe qabilasi chodirlarini oʻrnashtirsin. Manashe qabilasining yoʻlboshchisi Padozur oʻgʻli Gamaliyoldir. 21Uning sanoqqa kirgan sipohlari 32.200 tadir.
22Soʻngra Benyamin qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Benyamin qabilasining yoʻlboshchisi Gidoʻnax oʻgʻli Avidondir. 23Uning sanoqqa kirgan sipohlari 35.400 tadir.
24Efrayim qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 108.100 tadir. Uchinchi boʻlib ular yoʻlga chiqishsin.
Shimoliy qarorgoh
25Uchrashuv chodirining shimol tomonida chodir tikadigan qabilalar Dan qarorgohida guruh–guruh boʻlib joylashsinlar. Dan qabilasining yoʻlboshchisi Omishaday oʻgʻli Oxazardir. 26Uning sanoqqa kirgan sipohlari 62.700 tadir.
27Uning yonida Osher qabilasi chodirlarini oʻrnashtirsin. Osher qabilasining yoʻlboshchisi Oxron oʻgʻli Paxiyoldir. 28Uning sanoqqa kirgan sipohlari 41.500 tadir.
29Soʻngra Naftali qabilasi chodirlarini oʻrnashtirsin. Naftali qabilasining yoʻlboshchisi Enan oʻgʻli Oxirdir. 30Uning sanoqqa kirgan sipohlari 53.400 tadir.
31Dan qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 157.600 tadir. Ular guruh–guruh boʻlib oxirida yoʻlga chiqishsin.”
32Shunday qilib, butun Isroil xalqi xonadonlari boʻyicha sanoqdan oʻtdi. Qarorgohlarda guruh–guruh boʻlib joylashgan lashkarning umumiy soni 603.550 ta chiqdi. 33Musoga Egamiz amr etganday, Levi qabilasi Isroil xalqiga qoʻshib hisoblanmadi.
34Xullas, Musoga Egamiz nima amr etgan boʻlsa, Isroil xalqi shuni qildi. Ular qarorgohi boʻyicha joylashgan, har biri oʻz urugʻi, xonadoni boʻyicha yoʻlga chiqqan edi.

നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:

Sahroda 2: O‘zbMK

ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക

പങ്ക് വെക്കു

പകർത്തുക

None

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക