Levilar 27

27
27–BOB
Egamizga keltiriladigan inʼomlar toʻgʻrisidagi qonun
1Egamiz Muso orqali 2Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: agar birortangiz ont ichib, Egamizga biror odamni bagʻishlagan boʻlsangiz, ontingizni ado etish uchun quyidagi qiymatni toʻlang:
320 dan 60 yoshgacha boʻlgan erkak uchun 50 boʻlak kumush#27:3 50 boʻlak kumush — ibroniycha matnda Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra oʻlchangan 50 shaqal kumush. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, 50 kumush boʻlaklar ogʻirligi taxminan 550 gramm edi.,
420 dan 60 yoshgacha boʻlgan ayol uchun 30 boʻlak kumush#27:4 30 boʻlak kumush — ibroniycha matnda 30 shaqal kumush, taxminan 330 grammga toʻgʻri keladi.,
55 dan 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bola uchun 20 boʻlak kumush#27:5 20 boʻlak kumush — ibroniycha matnda 20 shaqal kumush, taxminan 230 grammga toʻgʻri keladi.,
5 dan 20 yoshgacha boʻlgan qiz bola uchun 10 boʻlak kumush#27:5 10 boʻlak kumush — ibroniycha matnda 10 shaqal kumush, taxminan 110 grammga toʻgʻri keladi. Shu bobning 7–oyatida ham bor.,
61 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bola uchun 5 boʻlak kumush#27:6 5 boʻlak kumush — ibroniycha matnda 5 shaqal kumush, taxminan 55 grammga toʻgʻri keladi.,
1 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan qiz bola uchun 3 boʻlak kumush#27:6 3 boʻlak kumush — ibroniycha matnda 3 shaqal kumush, taxminan 33 grammga toʻgʻri keladi.,
760 va undan yuqori yoshdagi erkak uchun 15 boʻlak kumush#27:7 15 boʻlak kumush — ibroniycha matnda 15 shaqal kumush, taxminan 165 grammga toʻgʻri keladi.,
60 va undan yuqori yoshdagi ayol uchun 10 boʻlak kumush.
8Agar ont ichgan odam nochorligidan belgilangan qiymatni toʻlay olmasa, u Egamizga bagʻishlagan odamini ruhoniyning oldiga olib kelsin. Ruhoniy ont ichgan odamning ahvoliga yarasha qiymatni belgilasin.
9Agar siz ont ichib, qurbonlik qilishga yaraydigan jonivorni Egamizga bagʻishlagan boʻlsangiz, Egamizga atalgan bu jonivor muqaddas hisoblansin. 10Bunday jonivorni boshqasiga almashtirib boʻlmaydi. Yaxshisini yomoniga yoki yomonini yaxshisiga ayirboshlamang. Jonivorning birini boshqasiga almashtiradigan boʻlsangiz, jonivorlarning ikkalasi ham muqaddas hisoblansin. 11Agar Egamizga qurbonlik qilishga yaramaydigan, harom hayvonni atagan boʻlsangiz, oʻsha hayvonni ruhoniy oldiga olib keling. 12Ruhoniy hayvonning yaxshi yoki yomon ahvoliga qarab bahosini belgilasin va uning qiymati ruhoniy belgilaganday boʻlsin. 13Bordi–yu, siz atagan hayvoningizni qaytarib olmoqchi boʻlsangiz, ruhoniy tomonidan belgilangan qiymat ustiga oʻsha qiymatning beshdan bir qismini qoʻshib bering.
14Agar odam Egamizga oʻz uyini bagʻishlasa, ruhoniy uyni baholasin, uyning yaxshi yoki yomon ahvoliga qarab qiymatini belgilasin va uning qiymati ruhoniy belgilaganday boʻlsin. 15Mabodo uyni bagʻishlagan odam uyini qaytarib olmoqchi boʻlsa, u ruhoniy belgilagan qiymat ustiga qiymatning beshdan bir qismini qoʻshib bersin. Shunda uy yana uniki boʻladi.
16Agar odam meros qilib olgan yerini Egamizga bagʻishlamoqchi boʻlsa, yerning qiymati u yerga ekiladigan urugʻning miqdoriga koʻra belgilansin. Oʻn savat#27:16 Oʻn savat — ibroniycha matnda bir hoʻmr, taxminan 220 litrga toʻgʻri keladi. urugʻlik arpaning bahosi ellik boʻlak kumush boʻlsin. 17Agar dala Qutlugʻ yili#27:17 Qutlugʻ yil — 25:8-34 ga qarang. bagʻishlangan boʻlsa, dalaning qiymati belgilangan bahoda qolsin. 18Bordi–yu, dala Qutlugʻ yildan keyin bagʻishlangan boʻlsa, ruhoniy dalaning qiymatini keyingi Qutlugʻ yilgacha qolgan yillarning soniga koʻra, belgilasin. Dalaning asl qiymati kamaytirilsin. 19Dalani bagʻishlagan odam dalasini qaytarib olmoqchi boʻlsa, u belgilangan qiymat ustiga dala qiymatining beshdan bir qismini qoʻshib bersin. Shunda dala yana uniki boʻladi. 20Bordi–yu, u dalasini qaytarib sotib olmasa va dala boshqa birovga sotilgan boʻlsa, dalaning egasi oʻz dalasini qaytarib sotib olish huquqidan mahrum qilinsin. 21Keyingi Qutlugʻ yil kelganda bu dala Egamizga tamomila bagʻishlangan boʻlib, muqaddas hisoblanadi. Dala ruhoniylarga qarashli boʻladi.
22Agar biror odam sotib olgan, yaʼni meros boʻlib qolmagan dalasini Egamizga bagʻishlasa, 23ruhoniy dalaning qiymatini Qutlugʻ yilgacha qolgan yillar soni asosida belgilasin. U odam ruhoniy belgilagan qiymatni oʻsha kuniyoq Egamizga ehson sifatida keltirsin. 24Qutlugʻ yil esa dala merosxoʻrga — kimdan sotib olingan boʻlsa, oʻsha odamga qaytarib berilsin. 25Har qanday narsaning qiymatini belgilashda Muqaddas chodirda ishlatiladigan kumush birligi asos qilib olinsin. Har bir kumush boʻlagining ogʻirligi 2,5 misqol#27:25 …ogʻirligi 2,5 misqol… — ibroniycha matnda …ogʻirligi 20 gera boʻlgan shaqal…. 20 gera taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi. boʻlsin.
26Molu qoʻylaringizning birinchi tugʻilgan bolalarini Egamizga bagʻishlamang, ular shusiz ham Egamizga tegishlidir. 27Harom hayvonning toʻngʻich bolasini qaytarib sotib olishingiz mumkin. Buning uchun belgilangan qiymatni toʻlab, buning ustiga qiymatning beshdan bir qismini qoʻshib bering. Agar uni qaytarib sotib olmasangiz, ruhoniy uni boshqa birovga belgilagan qiymatga sotib yuborishi mumkin.
28Egamizga tamomila bagʻishlangan har qanday odamni, jonivor yoki meros qilib olingan yerni qaytarib sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas. Egamizga tamomila bagʻishlangan har qanday narsa Egamizga abadiy tegishli hisoblanadi. 29Hatto Egamizga tamomila bagʻishlangan odamni ham qaytarib sotib olishingiz mumkin emas. Uni oʻldirishingiz lozim.
30Yer hosilidan va daraxt mevalaridan olingan ushr#27:30 ushr — har qanday daromadning oʻndan bir qismi. Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang. ham Egamiznikidir. Bular Egamiz uchun muqaddasdir. 31Agar birortasi ushrini qaytarib sotib olmoqchi boʻlsa, ushrning qiymati ustiga qiymatning beshdan bir qismini qoʻshib bersin. 32Poda va suruvingizdan olingan ushrni — sanalgan har oʻninchi jonivorni Egamizga bagʻishlang. 33Ushr qilib olingan jonivorni tanlamang, uni yaxshisi yoki yomoniga almashtirmang. Agar almashtiradigan boʻlsangiz, jonivorlarning ikkalasi ham muqaddas hisoblansin, ularni qaytarib sotib olishingiz mumkin emas.
34Egamiz Muso orqali Isroil xalqiga Sinay togʻida bergan amrlar shulardan iborat edi.

നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:

Levilar 27: O‘zbMK

ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക

പങ്ക് വെക്കു

പകർത്തുക

None

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക