Levilar 24
24
24–BOB
Moychiroqlar
1Egamiz Muso orqali 2Isroil xalqiga quyidagi amrlarni berdi: toza zaytun moyidan olib kelinglar. Toki moychiroqlar har doim tun boʻyi yonib tursin. 3Horun moychiroqlarni Uchrashuv chodiriga, Ahd sandigʻini#24:3 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik, Ahd sandigʻining yana bir nomi. 16:13 izohiga qarang. toʻsib turgan ichki parda oldiga oʻrnatsin. Moychiroqlar Egamizning huzurida oqshomdan ertalabgacha oʻchmay yonib tursin. Bu avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin. 4Horun moychiroqlarni toza oltindan yasalgan chiroqpoyaga oʻrnatsin. Moychiroqlar Egamizning huzurida doimo tun boʻyi yonib tursin.
Xudoga nazr qilinadigan nonlar
5Sifatli undan oʻn ikkita non#24:5 oʻn ikkita non — bu nonlar Isroil xalqining oʻn ikkita qabilasi uchun xontaxtaga qoʻyilgan boʻlib, Egamizning Muqaddas chodirda zohir boʻlishini aks ettiruvchi timsol edi. Shuningdek, Xudo Isroil xalqining qudrati va taʼminlovchisi ekanligidan darak berib turgan. yop. Har bir non sakkiz kosa#24:5 sakkiz kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan ikki qismi, taxminan 4 litrga toʻgʻri keladi. undan yopilgan boʻlsin. 6Nonlarni Egamiz huzuridagi toza oltindan yasalgan xontaxta ustiga ikki qator qilib ter. Har bir qatorda oltitadan non boʻlsin. 7Har bir qatorga toza xushboʻy tutatqidan qoʻy. Bu xushboʻy tutatqi nonning oʻrniga olovda kuydirilib, Egamizga nazr qilinadi. 8Horun nonlarni doimiy tarzda, har Shabbat kuni Isroil xalqi nomidan Egamiz oldiga qoʻysin. Bu Isroil xalqining abadiy majburiyatidir. 9Bu nonlar Horun va uning avlodiniki boʻlsin. Ular bu nonlarni muqaddas joyda tanovul qilishsin#24:9 Ular bu nonlarni muqaddas joyda tanovul qilishsin — 6:16 ga qarang.. Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan Horunning nasliga berilgan doimiy ulush shudir, u gʻoyat muqaddasdir.
Toʻgʻri va adolatli hukmning misoli
10-11Dan qabilasidan boʻlgan Dibri qizi Shalumit Misrlik bir kishiga turmushga chiqqan edi. Ularning bir oʻgʻli bor edi. Bir kuni oʻsha oʻgʻli Isroil xalqidan boʻlgan bir odam bilan janjallashib qoldi. Janjal paytida Shalumitning oʻgʻli qargʻanib, Xudoga shak keltirdi. Shunda uni Musoning oldiga olib kelishdi. 12Egamizning hukmi maʼlum boʻlgunga qadar uni qamab qoʻyishdi.
13Egamiz Musoga dedi: 14“Shakkokni qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar. Shak keltirganini eshitganlarning hammasi qoʻlini uning boshiga qoʻysin, keyin butun jamoa uni toshboʻron qilsin. 15Isroil xalqiga shu gapimni aytib qoʻy: «Meni qargʻagan har qanday odam jazoga tortilsin. 16Men, Egangizga shak keltirgan odamning jazosi oʻlimdir. Butun jamoa uni toshboʻron qilsin. Oʻsha shakkok kim boʻlishidan qatʼi nazar, musofir boʻladimi yoki Isroil xalqidanmi, oʻldirilsin.
17Odamning joniga qasd qilgan har qanday odam oʻldirilsin. 18Birovning molini oʻldirib qoʻygan odam egasiga tovon toʻlasin. Bunday vaziyatda jon evaziga jon degan qoida qoʻllanilsin. 19Agar kimdir birovga shikast yetkazsa, unga ham xuddi shunday shikast yetkazilsin. 20Siniq evaziga siniq, koʻz evaziga koʻz, tish evaziga tish bilan javob qaytarilsin. Shikast yetkazganga xuddi shunday shikast yetkazilsin. 21Jonivorni oʻldirgan tovon toʻlasin, odamni oʻldirgan esa oʻlim jazosini olsin. 22Musofir uchun ham, Isroillik uchun ham qonun birdir. Men Egangiz Xudoman.»”
23Muso bu soʻzlarni Isroil xalqiga aytib boʻlgach, xalq shakkokni qarorgoh tashqarisiga olib chiqib, toshboʻron qildi. Shunday qilib, Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etdi.
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Levilar 24: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക
നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: