Levilar 19
19
19–BOB
Adolat va solihlik haqida qonunlar
1Egamiz Muso orqali 2butun Isroil jamoasiga shunday dedi: “Muqaddas boʻlinglar, chunki Men, Egangiz Xudo, muqaddasman. 3Har biringiz ota–onangizni hurmat qiling. Shabbat kunlarimga rioya qiling. Zotan, Men Egangiz Xudoman. 4Butlarga sajda qilmang, oʻzlaringiz uchun butlar yasamang. Men Egangiz Xudoman.
5Tinchlik qurbonligini Menga keltirganingizda qoidalarga rioya qiling, toki qurbonligingiz qabul boʻlsin. 6Qurbonlikning goʻshtini qurbonlik qilingan kuni yoki ertasi kuni tanovul qiling. Uchinchi kuni ortib qolgan goʻshtni kuydiring. 7Bordi–yu, qurbonlikning goʻshti uchinchi kuni yeyilsa, qurbonligingiz bulgʻangan hisoblanib, qabul boʻlmaydi. 8Undan yegan har bir odam Mening muqaddas deb bilgan narsamni bulgʻagani uchun jazoga tortilsin. Bunday odam xalq orasidan yoʻq qilinsin.
9Dalangiz hosilini oʻrganingizda dalaning eng chetidagi bugʻdoyni oʻrmang, yerga tushib qolgan bugʻdoy boshoqlarini ham termang. 10Uzumzoringiz hosilini yiqqaningizdan keyin, toklarda qolib ketgan va yerga tushib qolgan uzum boshlarini yigʻib olmang. Ularni kambagʻal va musofirlarga qoldiring. Men Egangiz Xudoman.
11Oʻgʻrilik qilmang, aldamang, birovga yolgʻon gapirmang. 12Mening nomim bilan yolgʻondakam ont ichmang. Shu orqali Men, Xudoyingizni badnom qilmang. Men Egangizman.
13Qoʻshningizni tovlamang, uni talamang. Mardikorning haqini ertalabgacha qoldirmang. 14Kar odamni qargʻamang. Koʻr odamning yoʻliga toʻsiq qoʻymang. Men, Xudoyingizdan qoʻrqing. Men Egangizman.
15Hukm chiqarganda haqsizlik qilmang, faqirga ham yon bosmang, obroʻli odamning ham koʻngliga qarab ish tutmang. Qoʻshningizni adolat bilan hukm qiling. 16Odamlar orasida qoʻshningizni gʻiybat qilib, uning jonini xavf ostiga qoʻymang. Men Egangizman.
17Dilingizda birodaringizga qarshi gina qilmang. Qoʻshningizning aybini ochiq yuziga soling, shunda siz uning aybi uchun jazoga tortilmaysiz. 18Qasos olmang, yurtdoshingizga qarshi kek saqlamang. Aksincha, oʻzgani oʻzingizni sevganday seving. Men Egangizman.
19Qonun–qoidalarimga rioya qiling. Molingizni boshqa turdagi hayvonlar bilan chatishtirmang. Dalangizga ikki xil urugʻ sepmang. Ustingizga ikki turdagi ipdan toʻqilgan kiyimni kiymang.
20Agar erkak kishi boshqa birovga unashtirib qoʻyilgan choʻri bilan yotsa, u keltirgan zararni choʻrining egasiga toʻlashi lozim. Choʻri hali ozodlikka chiqarilmagani uchun ikkoviga ham oʻlim jazosi berilmasin. 21Erkak ayb qurbonligi sifatida bir qoʻchqorni Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelib, Menga taqdim qilsin. 22Ruhoniy qoʻchqorni ayb qurbonligi qilib, oʻsha odamni Mening huzurimda gunohidan poklasin. Shunda uning qilgan gunohi kechiriladi.
23Sizlar Kanʼon yurtiga kirib, turli xil mevali daraxtlar ekkaningizdan keyin, uch yil davomida ularning mevasidan yemang. Ularni yeyish man etilsin. 24Toʻrtinchi yili hamma mevalar shukrona nazri sifatida Menga bagʻishlansin. 25Beshinchi yili esa mevalarini yeyishingiz mumkin. Shunday qilsangiz, daraxtlaringiz serhosil boʻladi. Men Egangiz Xudoman.
26Qoni chiqarilmagan goʻshtni yemang. Taʼbirchilarga eʼtiqod qilmang, fol ochtirmang. 27Chakkangizdagi sochlaringizni qirmang, soqolingizning uchini qirqmang. 28Aza tutganingizda marhum uchun badaningizni kesmang, teringizni teshib surat solmang#19:27-28 Chakkangizdagi sochlaringizni qirmang…28…teringizni teshib surat solmang — bu odatlar butparast xalqlarga xos edi.. Zero, Men Egangizman.
29Qizingizni fohishalik qilishga undamang#19:29 Qizingizni fohishalik qilishga undamang… — oʻsha paytlarda Kanʼondagi butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yoʻl bilan sajda qilishni qatʼiyan man etgan (Qonunlar 23:17-18 ga qarang)., uni bulgʻamang. Toki yurt zinoga botmasin, buzuqlik avj olmasin. 30Mening Shabbat kunlarimga rioya eting, muqaddas makonimni izzat qiling. Men Egangizman.
31Arvoh chaqiruvchilarning oldiga bormang, folbinlarga maslahat solmang. Ularning dastidan oʻzingizni bulgʻamang. Men Egangiz Xudoman.
32Moʻysafidni koʻrganingizda oʻrningizdan turing, qariyaning hurmatini joyiga qoʻying. Men, Xudoyingizdan qoʻrqing. Men Egangizman.
33Yurtingizda yashab yurgan musofirga zulm qilmang. 34Unga oʻz yurtdoshingizday qarang. Musofirni oʻzingizni sevganday seving, chunki sizlar ham Misr yurtida musofir edingizlar. Men Egangiz Xudoman.
35Uzunlikni, ogʻirlikni va miqdorni oʻlchaganda gʻirromlik qilmang. 36Tarozingiz, qadoq toshlaringiz, oʻlchov togʻorayu kosalaringiz#19:36 oʻlchov togʻorayu kosalaringiz — ibroniycha matnda efa va xin. Bular oʻlchov birliklari boʻlib, efa quruq narsalarni oʻlchash uchun, xin esa suyuqliklarni oʻlchash uchun ishlatilardi. toʻgʻri boʻlsin. Men sizlarni Misr yurtidan olib chiqqan Egangiz Xudoman. 37Qonun–qoidalarimning hammasini bitta qoldirmay bajaringlar. Men Egangizman.”
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Levilar 19: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക
നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020