Yoqub Kirish

Kirish
Mazkur maktub muallifi Isoning ukasi Yoqubdir. Iso Masih yer yuzida xizmat qilgan davrda Yoqub Unga ishonmagan edi, Uning xizmatini ham maʼqullamagan edi. Masih oʻlikdan tirilgandan keyin esa Yoqub Unga ishonib#…Yoqub Unga ishonmagan edi…Yoqub Unga ishonib… — Yuhanno 7:2-5, Havoriylar 1:14 ga qarang., Quddusdagi jamoat yetakchisi boʻldi. Muallif ushbu maktubini Iso Masihga imon keltirgan yahudiylarga yoʻllaydi. Imonlilar oʻsha davrda quvgʻinlar oqibatida Quddusdan uzoq joylarga tarqalib ketgan boʻlishlari mumkin (Havoriylar 8:1 ga qarang).
Mazkur maktub imonlilar uchun hayotiy qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi, imon faqat tilda emas, balki amalda qoʻllanilishi kerak degan gʻoyani ilgari suradi. Muallif koʻplab majoziy obrazlardan foydalangan holda, xulq–atvor va kundalik hayotga oid koʻrsatmalar beradi. U donolik, masihiylarning yurish–turishi, odamlarga va vaziyatga munosabat, boylik va kambagʻallik, vasvasa va sinovlar, imon va amal kabi turli mavzular borasida soʻz yuritadi. Shuningdek, beqarorlik, magʻrurlik, manmanlik, ochkoʻzlik, badnafslik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarni ayovsiz tanqid qiladi. Xullas, imonli odam imoni boʻyicha yashashi kerak, deb taʼkidlaydi.

നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:

Yoqub Kirish: O‘zbMK

ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക

പങ്ക് വെക്കു

പകർത്തുക

None

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക